54-mashq. -li, -siz, -dosh, -chi, -illa, -la qo'shimchalari yordamida so'zlar yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
55-mashq. Matnni ko'chiring, so'z yasovchi qo'shimchalarning tagiga chizing va izohlang.
Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning kelajagimizdir. Iste'dodli, bilimdon yoshlar o'qish uchun chet ellarga yuborilmoqda. Ularda shijoat, yangilikka intilish bor. Jismoniy va ma'naviy jihatdan yoshlarimizni yetuk qilib tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir. (Gazetadan)
56-mashq. Topishmoqlarni o'qib, javobini toping. Yasama so'zlarni aniqlang va ulardagi so'z yasovchi qo'shimchalarni belgilang.
1. Qorday oppoq, parday yumshoq. 2. Qat-qat quloq, dum-dumaloq. 3. Qush emas, qanoti bor, chiroyli savlati bor. Unga lochin yetolmas, yengilmas quvvati bor. 4. G'it-g'it, deydi, ishlaydi, yerga kukun tashlaydi. 5. Kelib og'zin ochar, tishlab qochar.
1. Qanday qo'shimchalar so'z yasovchi qo'shimchalar deyiladi?
2. So'z yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'zlar hosil qiling.
57-mashq.Uyga vazifa. «Aqlli bola — elga manzur» mavzusida matn tuzing. Unda ishtirok etgan qo'shimchalarni ajrating va turini ayting.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: ____________________
« Ona tili» 6– “A”, “B” sinf 6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________ 17-dars TUB VA YASAMA SO'ZLAR Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.