Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi



Yüklə 19,55 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü19,55 Kb.
#201851
1MA\'RUZA



Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. 
1.
 
Psixik rivojlanish haqida tushuncha 
2.
 
Psixik rivojlanishni davrlashtirish nazariyalari 
3.
 
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. 
Psixik rivojlanish va bu o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi omillarning 
qonuniyatlarini o‘rganish yosh davrlari psixologiyasining muhim muammolaridan 
biridir

Angliyalik olim J.Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloqning ruhini oppoq 
paxtaga o‘xshatadi. Oppoq paxtaga nimalarni yozish kattalarga bog‘liq ekanligini 
ta’kidlaydi. Inson biror bir faoliyat davomida shakllanib boradi. Psixologiyada yosh 
davrlarini tabaqalashning turli usullari mavjuddir. Har bir yosh davri o‘ziga xosligi 
bilan ajralib turadi. Har bir davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar, rivojlanishlar, psixik 
jihatdan sifatlarning hosil bo‘lishi bilan farqlanadi. Insonning yoshi psixik 
rivojlanishi qonunlari ontogenezini о‘zlashtirib olish о‘qituvchiga о‘quvchilarni 
о‘qitish va tarbiyalash malakalari bо‘yicha pedagogik ishlarni maqsadga muvofiq 
tashkil etishga uni ilmiy yо‘nalishida olib borishga, о‘z-о‘zidan borayotgan 
jarayonni kо‘p jihatdan boshqariladiganga aylantirish imkonini beradi. Bunday 
bilimlar har qanday ota-ona uchun ham kerakdir.
Maktab o‘quvchisining psixik 
rivojlanishi murakkab jarayondir.
Yosh va pedagogik psixologiyaning haqiqiy 
birligi-inson ontogenezda rivojlanuvchi va о‘zgaruvchi о‘rganish, obyektidir. U 
yosh psixologiyasida rivojlanish qonuniyatlarini borishida ishtirok etadi. Pedagogik 
psixologiyada esa pedagogning maqsadga muvofiq harakatlari jarayonida о‘qitish 
va tarbiyalovchi vosita sifatida ishtirok etadi». Pedagogik psixologiya — 
tarbiyaning psixologik muammolarini о‘rgatuvchi psixologiya fanining sohasi, yosh 
psixologiyasi esa — inson psixikasi rivojlanishining yosh bosqichlarini о‘rganadi.
Yosh davrlari psixologiyasi
– psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh 
davrlari xususiyatlarini о‘rganuvchi sohasidir. Uning tadqiqot predmeti – inson 
psixikasining yosh bilan bog‘liq о‘zgarishlari, psixik jarayonlar ontogenezi 
(organizmning individual rivojlanishi) va rivojlanayotgan odam shaxsiyatining 
psixologik sifatlaridan iborat. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlardagi yosh 


xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy 
omillari va boshqalarni о‘rganadi. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiya bilan 
uzviy bog‘liq. 
Pedagogik psixologiyaning fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik 
qonuniyatlarini о‘rganishdan iborat. Yosh va pedagogik psixologiyaning 
umumiyligi bola, о‘smir, о‘spirin kabi umumiy о‘rganish obyektlari bilan 
izohlanadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida 
bolani о‘rganish bilan о‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi. 
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-
biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg‘ayib 
borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.
Ontogenez- (yunoncha “ontos” mavjud, jon, zot, “genezis”- kelib chiqish, paydo 
bо‘lish) - individning paydo bо‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish 
jarayonidir. 
Psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, A.A.Lyublinskaya, 
V.A.Kruteskiy, A.V.Petrovskiylar ham yosh davrlarini o‘ziga xos tabaqalash 
nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.Elkoninning tasnifi alohida о‘rin tutib, 
yetakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi. 
1) Gо‘daklik davri
– tug‘ilgandan 1 yoshgacha asosiy faoliyat – bevosita 
emotsional muloqot hisoblanadi. 
2) Ilk bolalik davri
– 1 yoshdan 3 yoshgacha asosiy faoliyat – predmetli 
faoliyatni tashkil etadi. 
3) Maktabgacha davr
– 3 yoshdan 7 yoshgacha asosiy faoliyat – rolli о‘yinlar. 
4) Kichik maktab yoshi davri
– 7 yoshdan 10 yoshgacha asosiy faoliyat – 
о‘qishdan iborat. 
5) О‘smirlik davri
– 10 yoshdan 15 yoshgacha asosiy faoliyat – muloqotdir. 
6) Ilk о‘spirinlik davri
– 15 yoshdan 18 yoshgacha asosiy faoliyat – о‘qish va 
kasb tanlash. 
Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan 
buyon о‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning 


ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib 
kelishi bilan bog‘liqdir. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga mashhur rus 
pedagogi K.D.Ushinskiyning «Inson – tarbiya predmeti sifatida» degan asari katta 
hissa qо‘shgan edi. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Charliz 
Darvinning evolyutsion g‘oyalari jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Psixologiya tomonidan 
о‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat 
ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab о‘tgan. Yosh va 
pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning 
xotiraga oid tadqiqoti, G.Gelmgolsning sezgi organlarining psixofiziologiyasiga oid 
ishi, V.Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining 
о‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
Nazorat savollari: 
1.Psixik rivojlanish nima? 
2. Psixik rivojlanish qanday davrlarga bo’linadi? 

Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin