Bolaning organizmi tinimsiz osadi va rivojlanadi. Ontogenez jarayonida maxsus anatomik va funksional xususiyatlar yuzaga keladi va ular yoshga oid yoki xos bolgan o`zgarishlar deb atladi



Yüklə 27,58 Kb.
tarix18.04.2020
ölçüsü27,58 Kb.
#30898
yosh davrlari

Bolaning organizmi tinimsiz osadi va rivojlanadi.Ontogenez jarayonida maxsus anatomik va funksional xususiyatlar yuzaga keladi va ular yoshga oid yoki xos bolgan o`zgarishlar deb atladi.Shunga mos holda,odamning hayot sikli yoq va ular jiddiy darajada shartlidir.

Ammo bu davrlarni qismlarga bolish zarur,chunki bir vaqtda,lekin turli biologic yosh bilan tugilgan bolalar sport va mehnat yuklamalariga turlicha reaksiya qladi,bu paytda ularning ish qobiliyati yuqori yoki past bolishi mumkin, bu esa oz navbatida maktabdagi oquv tarbiyaviy jarayonlarni,uni o`rab turgan atrof muhitni tashkil qlishning amaliy muammolarni yechish uchun muhimdir.

Pasportda korsatilgan yoshdan farqli olaroq,yoshlar o`rtasidagi interval bir yilga teng bo`lganida,odamning biologic Yoshi (yoki anatomo fiziologik yosh)odam hayotining bir necha yilini qamrab oladi,yani bu muddat ichida ma’lum biologic ozgarishlar yuz beradi .Yoshning davrlarga bolishda qanaqa va qaysi mezonlar asos qlib olinadi?Bu muammo boyicha bironta ham u yoki bu darajada keltirilgan fikr yo`q .Ayrim tadqiqotchilar davrlarga bolish uchun asos qlib jinsiy bezlarning yetilishini ,toqima va a’zolarning osish tezligini va tabaqalanishni olsalar,ayrimlari esa skletni yetilish (suyaklar Yoshi)ya’ni rentgenologik yol bilan skletdagi suyaklanish nuqtalarini va suyaklarni harakatsiz birikishi boshlanishini aniqlashdan foydalanish yoki qollashni tavsiya qladilar.Davrlarga bolishning mezoni sfatida markaziy asab tizimini rivojlanishini, jumladan bosh miya postlogining rivojlanish darajasidan ham ko’rsatgich sfatida foydalanish mumkunligini ilgari suradilar.Rubner o’ziningnazariyasida mezon sfatida turli yosh davrlarida energetic jarayonlarning xususiyatlaridan foydalanishni tavsiya etdi.Ayrim xollarda yoshni davrlarga bolish uchun organizm bilan atrof-muhitining oziga xos o’zaro ta’siridan mezon sifatida foydalaniladi.

Yoshga oid va pedogogik psixologiyada,asosan , pedogogik mezonlarga asoslangan davrlashlardan foydalaniladi.Maktabgacha yoshdagi davrlar bolalar bog `chasidagi guruxlarga mos holda bo`linadilar.Maktab yoshi 3ta bosqichga bolinadi;kichik(1- snifdan 3-4-sniflargacha),o`rta(4-5snifdan 7-8 sniflargacha)va kata(8snifdan 9-sniflargacha)

Hozirgi zamon fanida osish va rivojlanish davrlari hamda ularni yosh chegaralarining umumiy holda qabul qlingan klassifikatsiyasi yoq.Shu sababli u

yoki bu omillar tavfsiya qlingan o’sish va rivojlanishning davrlarga bolinish tartibi haqida munozarali fkirlarga farqli o’laroq RFA ning bolalar va osmirlar fiziologiyasi insituti tomonidan bolinishi taklif qlingan va bu bosqichlar barcha hamdostlik mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilmoqda va darslik sfatida orgatilmoqda

Davrlar Ona qornidagi rivojlanish davri.Bu davrda homilaning oziqlanishi,nafas olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog’liq boladi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlik davri.1kundan-10kungacha(kindik tushguncha).Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi.Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi.Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi.Endi tug`ilgan bolaning bo`yi 50 sm bo`lsa 1 yosh oxiriga kelib 75-80 sm ga yetadi,yani 50% dan ortishi kuzatiladi.Gavda og`irligi esa uch martaga,yani yangi tug`ilgan bola bor yog`I 3,0-3,2 kg bo`lsa birinchi yil oxiriga kelib 9,5-10 kg gacha yetadi.Bu davrda yangi tug`ilgan bolaning yangi sharoitga moslanishi boshlanadi bu esa rivojlanishning muhim kritik davrlaridan biri hisoblanadi.Yangi tug`ilgan bolada ona organizmidagi nisbatan doimiy harorat sharoitidan(37 gradus C) harorati pasaygan sharoitga tushib qoladi va shu sababli ham unda issiqlik hosil bo`lishining yuqori darajasi qayd qilinadi 1 kg tirik vaznga 176,4 j hosil bo`ladi,(voyaga yetgan odamlarda esa 100,8j/kg.

Yangi tug`ilgan bolaning terisi tvorogsimon moy bilan-moy bezlarining sekreti bilan qoplangan bo`ladi.Moydan tozalangandan keyin teri qizaradi va songra esa po`st tashlaydi.Bola hayotining birinchi kunlarida terisining ranggi sariqroq rangga kirishi kuzatiladi.Bu hodisa hayotining 7-10 kuniga borib yoqoladi.Ko`pchilik bolalar hayotining birinchi kunlarida dastlabki massasining 5-8% ni yo`qotadilar (150-300 gr gacha) keyinchalik tanasi massasi ortib boradi sekin astalik bilan ,ikkinchi haftaning oxirida dastlabki darajaga yetadi.Yangi tug`ilgan bola siydigi tarkibida moddalar almashinuvining oksidlanmagan mahsulotlari uchraydi,katta miqdorda siydik kislotasi hosil bo`ladi.siydik kislotasining tuzlari siydikni jadal sariq rangga bo`yaydi.Bolalar odatda,bir necha tug`ma shartsiz reflekslar bilan tug`iladi.Ta`sirotchisining ta`siriga amalda butun organism bilan javob reaksiyasi qaytaradi,bu jarayonning yuzaga kelishi markaziy asab tizimida qo`zg`alishni keng irriadiatsiyasiga bog`liq.Bolaning rivojlanishi dastlabki bosqichlarida,ya`ni hali bosh miya po`stlog`ining morfologik rivojlanishi yetarlicha yetishiga ega bo`lmgan paytda,miyaning po`stloq osti tuzilmalari tomonidan boshqaruvchi

reaksiyalarining generallashuvi kuzatiladi.Yangi tug`ilgan bolalarda lab,teri og`izoldi oblastni,bo`yin,tilning shilliq pardasini retseptorlarini qo`zg`atilishiga emish so`rish refleksi javob sifatida namoyon bo`ladi.Himoya reflekslarida ko`zni yumish refleksi yaxshi rivojlangan bo`lib uning refleksogen zonasi bolaning birinchi hayoti kunlarida juda keng bo`lib qovoqlarini,kipriklarini,qosh,burunning yonbosh yuzlaridagi retseptorli hodisalarini qamrab oladi.Yoshga bog`liq holda bu reflekslarning refleksogen zonalari toraya boradi.Chaqaloqlar kaftlariga tekkanda ushlab qolish refleksi oyoq kaftining oldingi qismini qozg`atgan paytda kuchli namoyon bo`ladi.Yangi tug`ilgan bolaning terisi orqali og`riqli va haroratli ta`sirlarga reflekslar va tananing holatining o`zgartirishiga boshning qo`yilish labirint reflekslarini chaqirishi mumkun.Tovushli qo`zg`atuvchilarga yangi tug`ilgan bolalar seskanish,umumiy harakatlanish nafas va yurak qisqarishlar chastotasining o`zgarishi bilan bezovtalanish tipidagi umumiy reaksiyalar bilan javob qaytaradi.

Qator mualliflarning ma`lumotiga ko`ra,tug`ilgandan keyin 1-hafta oxirida va 2-hafta boshida tovush va yorug`likka reaksiyalar aniq chamalash izlash xarakterida bo`ladi. Tug`ilganidan 10-12 kun o`tgach atrof-muhit ta`siri ostida organizmning rivojlanishi chaqaloqning shartli reflekslarini xarakterini o`zgartiradi.Qator shartsiz reflekslarning refleksogen zo`nalari torayadi,ulardan ko`pchiligi so`nadi yoki oz faoliyatini o`zgartiradi.Tug`ma reflector reaksiyalarining bunday qayta qurilishida shakllanayotgan shartli reflector bog`lanishlar asosiy ro`lni oynaydi.Bolalar hayotining birinchi kunlarida nafas olish va ovqat hazmi jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan interoretsepiv impluslar shartli reflektorlar ahamiyatiga ega bo`ladi.

Ko’krak Yoshi davri 2oylikdan 1yoshgacha.Bu davr bola hayotidagi kata ahamiyatga ega bolgan davr hisoblanadi.Bu davrda bolaning bo’yiga o’sishi 1,5marta,og’irligi 3martaga oshadi,nutq paydo boladi.Qalqonsimon,ayrisimon va gipofiz bezlarining funksiyasi kuchyadi.Ba`zi tizmlarning funksional jihatdan mustaxkam bolmasligi,jumladan ovqat hazm qilish va nafas olish,bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon-ichak kasalliklari ba nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi.1oylik bola ko`rish o`rganlari faoliyatini kuzatish mumkun 3oylik bola tovush chiqqan tomonga qaray boshlaydi,kuladi qollari bilan oyinchoqlarga talpinadi ,boshini tik tutib oyoqlarini yerga tiraydi,5oylik bola oziga yaqinlarini taniy boshlaydi kuladi,qiyqiradi.7oylikda bemalol otiradi,emaklaydi.8oylikda buyumlarini ushlab ornidan tura

boshlaydi,11oylikda oddiy sozlarni ayta boshlaydi va qo`lidan yetaklasa yuradi,12 oylikda o`zi yura boshlaydi va 10-12ta so`zni ayta oladi.Ona organizmidan olingan immunitet tufayli 3oylik yoshigacha yuqumli kassaliklar bilan kasallanmaydi.Bu davrda bolalar (2,5-3 oylikgacha)boshini vertical holatda ushlash qobiliyatiga erishadi.2,5-3 oylikdan 5-6 oylikgacha bo`lgan davrda otira boshlaydi,ona suti bilan qoshimcha oziqlarni iste`mol qila boshlaydilar.6-7 oylarida bolaning dastlabki sut tishlari chiqadi. Analizatorlar tizimining morfologik yetilish darajasiga qarab yangi-yangi shartli reflekslar hosil bo`ladi.Bolalar asab hujayralarining funksional imkoniyatlarining past bo`lganligi sababli,ular ancha osson chegaradan chiqqan tormozlanish va uyqu holatiga tushadilar.Bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq shartsiz tormozlanishlar namoyon bo`la boshlaydi.Hayotining 3-4 oylarida suniy eshitish va ko`rish shartli qo`zg`atuvichilarining aniq tabaqalanishi kuzatiladi.Yana biroz keyinroq (5 oylikka yaqin )kechikuvchi tormozlanishlar hosil bo`la boshlaydi.Bolalar nisbatan erta (1,5 oydan boshlab)atrofida o`tirganlarning so`zlariga reaksiya qila boshlaydilar.Bu paytda birgina aytilgan so`zlar tovushgina emas balki odamga ,uning mimikasiga reaksiyalar yuzaga keladi..Agar shu paytda bolaga gapirayotgan odamlarni artikulatsiyon mimikasi ko`rinmasa unga gapirilgan gaplarga hech qanday reaksiya qilmaydi.1 yoshning oxiriga kelib bolalar uchun ekstroretseptiv qo`zg`alishlar ko`mpleksi ahamyatliroq bo`lib qoladi,shu jumladan so`zlar ham.Bolalar hayotining 1-yili davomida dastlab ayrim tovushlarni aytish ,so`nga o`z bo`laklarini va nihoyat so`zning o`zini aytishi uchun faol mashqlar bajariladi,1 yoshning oxirida va 2 yoshdan boshlab nutq signallar signali bo`lib qoladi.

Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr(1-3 yoshgacha)bu davrda tananing bo`yiga o`sishi,og`irligining ortishi biroz susayadi.so`z boyligi ortadi,organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.Bola 2 yoshligida jismoniy va ruxiy jihatdan tez rivojlanaditanasining og`irligi xar oyda 200-250 g dan ortib boradi,bo`yi 1 smdan o`sadi. 3 yoshli bola tanasining massasi 1 yilda 2-2,8 kg,bo`yi 7-8 sm ga ortadi.Bu yoshdagi bolalarning nutqi tez rivojlanadi va 3-yosh oxiriga kelib so`z boyligi 1000-

1200 taga yetadi.2-3 yoshdagi harakter hususiyati tinib tinchimas bo`ladi.3 yoshga kirgan bollalarda tinchlik holatida nafas harakatlarining chastotasi bir daqiqada 26-24martagacha (yangi tug`ilgan paytida bir daqiqada 50-45 martagacha),yurak qisqarishlarining soni bir daqiqada 100-90 martagacha (yangi tug`ilgan bolalarda 1 daqiqada 150-140 martagacha pasayadi.Ikki yoshga kelib bolalarni so`z lug`atida

300 ga yaqin so`z bo`lib shundan nutqning ega qismi 63%gacha,fe`llar 23%gacha,nutiqning boshqa qismlari 14% tashkil qiladi,bog`lovchilar bo`lmaydi.Bolalar voyaga yetgan odamlar va narsalar ishtirok etganda so`zdan foydalanishadi.

Bog`cha yosh davri (3-6,7yoshgacha).Bu davrda xotira,fkirlash tassavur qilish protsesslari rivojlanadi,intizom paydo bo`ladi,miya po`stlog`I juda kop shartli bog`lanishlar vujudga kela boshlaydi.4-5 yoshli bolalarning og`irligi xar yili 1,5-2 kg ga ortadi,bo`yining o`sishi 4-6 sm ni tashkil etadi,6-7 yoshda bo`yining osishi tezlashib bir yilda 8-10 sm ga yetadi,massasi 2,5 kg ga ortadi.Ko`krak aylanasiga qo`shiladigan uzunlik ham 1-2 smni tashkil qladi.6-7 yoshda boshning balandligi tana uzunligining 1/6 qismini tashkil etadi.7 yoshda umurtqa pog`onasi egiluvchan yumshoq bo`lib,undagi suyaklanish jarayoni hali tugallanmagan bo`ladi.6-7 yoshda qo`l bo`g`inlarining muskullari juda tez rivojlana boshlaydi.Ayniqsa tik turishi va yurishini ta`minlovchi muskullar jadal rivojlanadi.7 yoshga kelib aynan shu muskullarningko`ndalang kesimi boshqa muskullarga nisbatan yo`g`on bo`ladi.6 yoshli o`g`il bolalarning ikkala qo`llarining o`rtacha kuchi 10.3kg ga, o`ng qo`liniki-4kg,chap qo`liniki esa 2 kg ga teng bo`ladi.bolalarni 3-5 yoshlik paytlarida bosh miyasining massasi yangi tug`ilgan bola bosh miyasi massasidan (380-400g)3 martagacha ortadi va 7 yoshga kelib uning vazini 120-1300 g ga yetadi.2-5 yoshda miyaning pyramidal hujaylralari voyaga yetgan odamlar shaklini oladi.Diqqat bilan eshitish va aqliy ish bajarish qobiliyati unchalik yuqori emas,5-7 yoshli bolalarda bu qobiliyat 15 daqiqadan oshmaydi.Maktabgacha bo`lgan davirning oxiriga kelib yurakning mutlaq vazini va unung o`lchami ortadi,tananing nisbiy massasi esa kamayadi,qon tomirlarining o`sishi davom etadi.Yurakning simpatik invervatsiyasi unung parasimpatik invervatsiyasining rivojlanishidan ustun bo`lganligi sababli,bu yoshdagi bolalarda puls katta yoshdagi odamlardan kop bo`ladi va ayniqsa u jismoniy ish bajarganda, kuchli hayajonlanganda aniq namoyon bo`ladi.7 yoshga kelib o`pka toqimlarining shakllanishi tugallanadi,nafas olish chuqurligi ortadi va uning chastotasi pasayadi.6-7 yoshga kirganda nafas harakatlarinig chastotasi bir daqiqada 20-22martani tashkil qladi.Yoso`sishi bilan o`pkaning tiriklik sig`imi ham orta boradiva 4 yoshda u 1110sm kvadratni tashkil qilsa,7 yoshga kelib 1300-1400sm kv ga yetadi.

5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan davr ichida katta yarimsharlar po`stlog`ining jadal suratda morfofunksional yetilishi tufayli asab faoliyatining kuchi va harakatchanligi jiddiy ravishda ortadi.Bu yoshda bolalar o`z diqqatini 15-20va undan ham ortiq daqiqalar mobaynida jamlashi mumkun.So`nish va tabaqalanish holatlari hosil bo`lishi deyarli 2 marta tezlashadi,tormozlangan holatni ushlab turish davrlari ancha uzoq davom etadi.

Kichik maktab yoshi davri(7-12)yosh.Skletining suyaklashuvi davom etadi,tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya kata yarim sharlari ro`li,jinsiy bezlarning gormonal ta`siri orta boradi.Bir yilda tana uzunligi o`rtacha 4-5 smga,og`irlik 2-3 kg, kokrak qafasi aylanasi esa 1,5-2 smga ortadi.Qol va oyoq muskullarining kuchi ortadi bu yosh uchun eng xarakterli belgi gavdaning yo`g`on muskullarining rivojlanishi hisoblanadi.9-10 yoshli bolalarning qo`l muskullari yaxshi rivojlanishni boshlaydi.10-11 yoshlarda bosh miya po`stlog`ining rivojlanishi,odatda voyaga yetgan odamniki darajasiga yetadi.Po`stloq po`stloqosti tizimlarining o`zaro bog`liqligibosh ro`lni egallaydi,buni esabolaning oliy asab va ruhiy funksiyalarini shakllanishidagi asosiy muhim omil deb qarash mumkin.

O`rta maktab yoshi(12-15yosh).Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boladi, to`rmozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlashadi,umumlashtirish protsesslari ortadi.

Katta maktab yoshi davri yoki balog`at yosh davri.Qizlar uchun 15-yosh,o`g`il bolalar uchun 15-20 yoshgacha .bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo`ladi,ikkinchi

darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo`yiga o`sishi va og`irligining ortishi tezlashadi.barcha o`rgan va sistemalarning funksiyasi takomillashadi.Bolaning ruxiy xolati ozgaradi.

1965- yil Moskvada yosh davrlariga bag`shlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasi qabul qlingan.

1.Yangi tug`ilgan davr 1-10 kun

2.Emiziklik davr 10kunlikdan 1 yoshgacha

3.Go`daklik davri 1-3 yosh

4.Birinchi bolalik davri 4-7yosh

5.Ikkinchi bolalik davri(o`g`il bolalar)8-12yosh

6.Ikkinchi bolalik davri (qiz bolallar)8-11yosh

7.O`smirlik davri(o`g`il bolalar)13-16yosh

8.O`smirlik davri (qiz bolalar)12-15yosh

9.Navqironlik davri(qiz bolalar)16-20 yosh

10.Navqironlik davri (o`g`il bolalar)17-21 yosh

11.yetuklik 1 davri(erkaklar)22-35yosh

12.Yetuklik 1 davri(ayollar)21-34yosh

13.Yetuklil (to`lishgan yosh)2 davri(erkaklar)36-60 yosh

14.yetuklik(to`lishgan yosh)2 davri(ayollar)35-55yosh

15.Keksalik yoshi(erkaklar)61-74yosh

16.Keksalik yoshi (ayollar)56-74yosh

17.Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar)75-90yosh

18.Uzoq umr koruvchilar 90 yosh va undan ortiq.

Bunday davrlarga bo`lish oziga xos kompleks belgilarni qamrab olgan;tana va a`zolarning o`lchamlari,og`irlik,skletning suyaklanishi,tishlarning chiqishi,ichki sekretsiya bezlarining rivojlanishi,jinsiy yetilish darajasi va muskullarning kuchi va h.k.Bu keltirilishda o`g`il va va qiz bolalarning o`ziga xos xususiyatlari xisobga olingan .Ammo biologic yosh mezonlari haqida muammo,jumladan,yoshga qarab davrlarga bolishning asosi bo`lib ko`rinuvchi ma`lum ahamiyatli axborot beruvchi ko`rsatkichlarni aniqlash kelgusida o`z yechimini kutmoqda.

Har bir yosh davrlari ozining spetsifik xususiyatlariga ega.bir yosh davridan ikkinchisiga o`tish jarayoni shaxsiy rivojlanishning ma`lum keskin o`zgaruvchan bosqichi yoki kritik davri deb qaraladi.

Har bir yosh davrlarining davom etish muddati jiddiy darajada o`zgarishlarga uchraydi.Yoshning xronologik chegarasi kabi,uning tavsifi ham dastavval ijtimoiy omillar bilan aniqlanadi.

XULOSA

Yosh davrlari avalom bor xar bir yosh avlod va keksalar xayoti davomida otadigan xolat yoki davrdir har bir inson kim bo`lishidan qatiy nazar shu davrlardan o`tadi .Uning, shu davrlardan qay daradjada otishi ya`ni osishi, rivojlanishi,dunyo qarashi, aqliy yetuk bo`lib yetilishi bu avvalom bor uning ota onasi, xayot yo`li, qanday oilada tug`ilgani va o`zining qziqishlari intilishlariga bog`liq bo`ladi deb oylayman.Chunki bolani dunyoga keltiradigan uning ota onasi.Agar ota ona sog`lom bo`lsa undan sog`lom farzand dunyoga keladi va uning xayot yoli tanlashi o`sishi va rivojlanishiga, ota onasi xissasi judaham kata bo`ladi,chunki yuqorida aytib otilganidek.Yangi tugilhan chaqaloqlik paytidan to ozining aqli bilan ish ko`radigan paytigacha unga ota ona ko`proq yordam beradi.Bolaning o`sishi rivojlanishi nafaqat o`ziga balkim oilasiga,atrof muxitiga va oziqlanishiga bog`liq.Chunki oila tinch bolsa,atrofmuxiti toza ozoda bolsa oziqlanishi yaxshi bolsa bola to`liq osadi va rivojlanadi.Yana bir asosiy bola osib rivojlanishiga qarshilik qladigan narsa mani fikrim bo`yicha unga mehr yetshmasligidir chunki mexr kormagan bolaligini his qila olmagan bola toliq o`sib ma`naviy va aqlan o`sib una olmaydi.Agar yuqorida keltirilgan narsalar toliq amalga oshirilsa bola o`sadi, ulg`ayadi,yetuk rivojlanadi shunday ekan ota onalar,va o`zimiz yetuk bolib yetishib Yosh davrlarimizga tog`ri kelishimiz uchun xarakat qlishimiz kerak.To tug`ilib 70-80-90 yoshga borishimiz o`zimizning yosh davrlarimiz paytida xarakat qlib uzoq va sog`lom yashashga intilishimiz kerak.O`sish uchun eng keraki bolgan narsa bu nma?Albatta to`g`ri ovqatlanish togri hayot tarzini olib, borish sport bilan shug`ullanishdir.Rivojlanishxam osish bilan bir vaqtda boladigan holat rivojlanish uchun xam shu narsalar.Aqliy va ma`naviy rivojlanish uchun xam koproq izlanish oqish jahon bilan hamnafas bo`lish kerak.Shu yerda bir ajoyib so`z esmga keldi uzoq yashaging kelsa yoshligingda yugur degan.Kelajakda hammmiz ota ona bo`lamiz qarimiz yosh davrlarini bilib olish nafaqat ozimizga balkim ,tug`ilajak farzandlarimiz o`sib



yuksalishi uchun,ota onamiz uchun va ozimiz uchun katta keraklik bo`lgan ma`lumotdir.

KIRISH


Fiziologiya –Tirik organizmda kechayotgan jararayonlar va ularni o`rab turgan muhiyda hayot kechirishga moslashishi ta`minlovchi jarayonlar haqidagi fan.

Yoshga oid fiziologiya va o`smirlar gigiyenasi umumiy fiziologiyaning bir qismi bo`lib.Atrof muxit omillarining bola organizmiga uning hayotiy faoliyatiga ,ta`lim tarbiyasiga ta`sirini o`rganadi va o`sayotgan avlodni soh`lig`ini mustaxkamlash hamda jismoniy va ma`navuy jhatdan mo`tadil o`sish va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan barcha fiziologik va biokimyoviy chora-tadbirlarni ishlab chqadi va ilmiy jixatdan asoslab beradi.

Bola organizmi jiddiy darajada uning rivojlanish yo`lini aniqlab beruvchi bola organizmiga uzluksiz ta`sir ko`rsatuvchi aniq sharoitda rivojlanadi.I.M Sechenov ta`kidlaganidek

Turli yosh davrlarida bola organizmidagi morfologik va funksional qayta o`zgarishlarning kechishi ko`plab genetic va atrof muhit omillari ta`siriga uchraydi.

Konkret atrof-muhit sharoitlariga bog`liq holda rivojlanish jarayoni tezlashishi yoki sekinlashishi mumkun, uning yosh davrlari esa erta yoki kech boshlanishi va ular turli davomiylikka ega bolishi mumkun.Bola organizmining sfatiy jihatdan shahsiy rivojlanishining har bir bosqichida o`zgaruvchi o`ziga xosligi barcha va aynan uning atrof-muhit bilan o`zaro aloqasi xarakteri bo`yicha namoyon bo`ladi.Bola tug`ilgandagi unung biologik fondi keyinchalik ham shu holda o`zgarmasdan qoladi deb hisoblamaslik kerak.Atrof muxit omillari,ayniqsa uning ijtimoiy sohasi ta`siri orasida irsiyat bilan ta`minlanuvchi u yoki bu sifatlar muhit imkon yaratsa,rivojlanishi yoki imkon bermasa yoqolishi mumkun.

Reja:


1.Yosh davrlari axamiyati.

2.Yosh davrlarida organizmda kechadigan o`zgarishlar.



3.Yosh davrlariga tavsif.
Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin