• Tekshirdi: Karimova. N.A
• Bajardi: Xolmurzayeva D BO`M 403-gutuh talabasi
Mavzu:
Biosfera
Dars rejasi:
• Biosfera haqida ta’limot
• Vernadskiy ta’limoti
• Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
• Biosferada moddalar aylanishi
Biosfera haqida ta`limot
«Biosfera» yangi atama bo'lib, fanda XIX asrdan
shakllana boshlandi. V.I.Vernadskiy ta'rificha,
biosfera insoniyat yashaydigan
muhit bo'lib, uning hayotiy jarayonlari shu
muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson xatti-
harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qayerda
yashashidan qat’iy nazar shahardami yoki olis
qishloqdami, shu muhit – tabiat bilan doimiy
bog'langan bo'ladi.
Biosfera (grekcha bios-hayot, sphaira-shar, qobiq) yerning
murakkab tashqi qobig'i bo'lib, unda barcha tirik organizmlarning
yashashi uchun qulay sharoit mavjud. Biosfera – tabiatning
tirik organizmlar yashashi uchun qulay
muhit yaratish imkoniga ega bo'lgan ulkan inshootidir.
Biosferaning asosiy vazifasi yerdagi
hayot shakllarining xilma xilligini va
ularning uzoq vaqt mobaynida
saqlanishini ta’minlashdan iborat.
Biosfera darajasining asosiy yo’nalishi
biologik xilma xillikning saqlanishi
orqali biosferaning dinamik
barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Biosferaning tirik moddasi.
• . Tirik modda biosferada tarqalgan barcha tirik organizmlar-produsent,
konsument, redutsentlar yig`indisidir. V.I. Vernadskiy tirik modda haqida
quyidagi fikrni bergan: “yer yuzida pirovard natijaga olib keladigan
oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko`ra qudratliroq kuch yo`qdir”.
Tabiatdagi har qanday organizmlar notirik tabiat bilan uzviy bog’liq
sharoitdagina mavjud bo’la oladi, hayot o’zining butun namoyon bo’lish
jarayonida sayyoramizda katta o’zgarishlar keltirib
chiqargan evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar
butun sayyora bo’ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va
moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Yerga keladigan energiyaning 99% ini quyosh energiyasi tashkil
qiladi. Bu energiya atmosfera, litosfera, gidrosferadagi turli-tuman jarayonlarga
sarflanadi. Yerda energiyaning sarflanishidan tashqari uning
bog’lanishi va uzoq vaqtda zaxira sifatida to’planishini ta’minlaydigan yagona
jarayon mavjud. Bu jarayon fotosintez jarayonidir. Tirik organizmlarning asosiy
sayyoraviy vazifasi quyosh energiyasini bog’lash va zaxira holatida to’plash
bo’lib, bu energiya keyinchalik biosferadagi ko’plab geoximik jarayonlarga
sarflanadi. Tirik organizmlar o’z tarixi davomida juda katta energiyani
o’zlashtirgan. Bu energiyaning kattagina qismi tarix davomida bog’langan
holda to’planib qolgan. Bular ko’rnir, torf va boshqa organik moddalardir.
Biosfera chegaralari
Atmosferaning quyi qatlami,
gidrosfera va litosferaning(yer
po`stining) yuqori qismini oladi.
Organizmlar troposferaning yuqori
qismlarigacha (o`rtacha 10km,
bazan 25-30 km) va yer po`stida
anaerob bakteriyalar yer po`stidan
3,5-7km chuqurlikda ham
uchraydi. Okeanda hayot uning eng
chuqur(11km) va undan ham
chuqur (0,5-1,0kmlarida) ham
bakteriyalar yashaydi.
Biosferaning kimoviy
tarkibi
• Biosferada kimyoviy
elementlar davriy ravishda
aylanib turadi. Kimyoviy
elementlarning biosferaning
bir tarkibiy qismidan
ikkkinchisiga o`tishi shu bilan
birga dastlabki holatga
qaytishi biosferada
moddalarning aylanish
deyiladi.
Biosferaning
ikkinchi
tarkibiy qismi
• Bu- iqlim, atmosfera, tog` jinslari va boshqalar hisoblanib,
V.I.Vernadskiy ta’kimoti bo`yicha ularning hosil bo`lishida tirik
organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig`indisi kiradi.
• Hayotning har bir darajasi o`ziga xos tarkibi, xususiyatlari,
qonuniyatlari bilan tafsiflanadi. Bu jihatdan biosfera darajasi
hayotning eng murakkab tuzilgan eng yuqori darajasi hisoblanadi.
• Biosfera darajasining komponentlari biogeotsenozlar hisoblanadi.
• Ular bilan esa keyingi darslarimizda tanishamiz.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Dostları ilə paylaş: |