Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning vositasi



Yüklə 448,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü448,49 Kb.
#148419
  1   2   3   4   5
dars-tahlili-pedagogik-mahoratni-oshirishning-vositasi-sifatida



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 2 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 836
DARS TAHLILI PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISHNING VOSITASI 
SIFATIDA 
 
M. G‘aybullaeva 
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti magistri 
 
ANNTOTATSIYA
Maqolada zamonaviy darsni tahlil qilish pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq darsni tahlil 
qilish mezonlari keltirilgan hamda dars tahlili bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. 
Kalit so‘zlar:
zamonaviy darslar, dars tahlili, dars tahlili mezonlari, o‘z-o‘zini 
tahlil qilish, o‘qituvchi mahorati. 
Kirish.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirishi bilan bir 
qatorda o‘qituvchilardan doimiy ravishda o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini 
oshirib borishlari hamda dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etilishlari talab 
etiladi. Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning eng asosiy yo‘li va ta’lim 
samaradorligini oshirishning omili hisoblanadi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv 
mashg‘ulotlari mazmunini tahlil qilish bevosita ta’lim­ tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil 
etish, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini oshirishdan iboratdir. 
Asosiy qism.
Dars tahlili – o‘quv jarayonini bir butun yaxlit holda yoki muayyan 
bo‘laklarga bo‘lib baholash
1
. Darsni tahlil qilish o‘qituvchidan darslarning tiplari va 
tuzilishlari haqida har tomonlama bilimga ega bo‘lishni, tahlil qilish, har doim ham 
yuzaki bo‘lmagan narsalarni ochib berish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishni 
talab qiladi. Tahlil darajasi har doim o'qituvchining kasbiy malakasini belgilaydi. 
Passov E.I. "Darsni qanday tahlil qilayotganingizni ko'rsating, men sizga qanday 
o'qituvchi ekanligingizni aytaman" deb ta’kidlagani ham darsni tahlil qilish o‘qituvchi 
oldida ko‘proq bilim va mahorat talab etilishini bildiradi. 
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish, chuqur tahlil qilish va o‘z-o‘zini tahlil etish, 
hamkasblari tajribasini o‘rganish va umumlashtirish, ularning amaliy faoliyatiga 
qiziqarli va samarali ish metodikalarini joriy etish yuksak kompetentlikka ega bo‘lgan 
o‘qituvchini shakllantiradi. 
Dars tahlili o‘zaro uzviy bog‘langan quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi: 
— o‘quv materialining mazmunini tahlil etish; 
— o‘quvchining o‘qish, o‘zlashtirish faoliyatini tahlil etish; 
— o‘qituvchining o‘qitish faoliyatini tahlil etish; 
— o‘qituvchining o‘qitish faoliyatini o‘zi tomonidan tahlil qilinishi; 
— ta’limning maqsad va vazifalarini tahlil etish; 
1
Pedagogika. Ensiklopediya. 1-jild. A-Yo (mas'ul muharrir R.Safarova).pdf –Т.: 2015 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 448,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin