Page 838
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv mashg‘uloti jarayonida va o‘quv
mashg‘ulotidan tashqarida o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, kayfiyatlari va
boshqalar.
Dars tahlilining eng ta’sirchan shakllaridan biri-pedagoglarning o‘z darslarini
o‘zlari tahlil qilishidir. Bunda darsni boshqa birov emas, aynan dars bergan
o‘qituchining o‘zi, mashg‘ulotni o‘tib bo‘lgandan so‘ng fikran o‘tilgan dars bilan
rejalashtirgan masalalarning yechilishini solishtiradi. Pedagog o‘z darsidagi
kamchiliklarni bartaraf qilish, o‘z darsini qayta qrish maqsadida darsdan chiqqach, dars
jarayoniin to‘la eslashga harakat qiladi. Bunda har bir dars bosqichida bajarilgan ishlar
qo‘llanilgan usul va metodlarni tahlil qiladi va o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni aniqlab,
kelajakda ularga yo‘l qo‘ymaslik choralarini belgilaydi. O‘z darsini o‘zi tahlil qilganda
avvalgi dars bilan hozirgi darsini solishtiradi.
O‘qituvchi o‘z darsini o‘zi tahlil qilish davomida erishilgan yutuqlarni
mustahkamlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik chora-tadbirlarini
belgilaydi. Shu asosda o‘z shaxsiy tajribasini boshqalar bilan qiyoslash kabi usullardan
ham foydalanadi. O‘quv yurtlari rahbarlari va pedagoglarining darslarga kirish va tahlil
qilish tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular pedagogik mahoratni oshirishning bu
ta’sirchan shaklidan juda kam foydalanadilar. Xolbuki, mustaqillik sharoitida erkin,
ozod, mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash o‘z-o‘zini tahlil qilishga jiddiy e’tibor
berishni taqozo qiladi.
Buning metodologik asosi shundaki, mustaqillik inson omilining kuchayishida o‘z
ifodasini topar ekan, insonning xohish-irodasi, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilishi
zaruratga aylanmoqda. Shuning uchun har bir pedagogning o‘z faoliyatini o‘zi
takomillashtirishga intilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z darsini o‘zi tahlil qilish esa
bu muammoni yechishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib,
bizlar pedagogning o‘z darsini o‘zi tahlil qilish tartibi (sxemasi)ni taklif qilamiz.
Pedagogning o‘z darsini o‘zi tahlil qilishi murakkab ichki jarayon bo‘lib, u o‘z
darsini qismba-qism o‘z taqrizidan o‘tkazadi. Buning zamon pedagogikasi, meiodika va
ilg‘or tajribalarga javob berilganini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdir.
Auto tahlilda pedagog quyidagi savollarga javob topishi kerak.
1.
Darsni rejalashtirganda o‘quvchilarning bilimining puxtaligi va ularning
o‘quv imkoniyatlari hisobga olindimi?
2.
Hozirgi o‘tilgan mavzu ilgarigi mavzu bilan bog‘lanib, kelasi dars uchun
zamin tayyorlanayaptimi? Dars bayon qilish usuli, nutq madaniyati masalalarga e’tibor
berildimi?
3.
Darsning uchala didaktik (ta’limiy, tarbiyaviy, o‘quvchi shaxsini o‘stirish)
maqsadi amalga oshiridimi?
4.
Darsning tuzilishi o‘quv materiallarinng mazmuniga mosligi, dars
bosqichlarining yaxlitligi, vaqtdan unumli foydalanishdimi?