2 - Mavzu: Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi.
Reja:
Mustaqillik mas’uliyati.
Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi. O‘zbekiston Res’ublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning ma’naviyat masalalariga alohida e’tibori.
Insonlar ongidagi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati.
I.A.Karimov aytganidek, ma’naviyat – taqdirining ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak.1
Ma’naviyat inson tug‘ilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra bo‘lib shakllanadi. Uning qaror topishida oiladagi muhit, jamiyatdagi hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Farzand tarbiyasiga e’tibor bermaslik nafaqat ota-onalar, butun bir oila, butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu-saodat faqat boylik, molu-mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, oilaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.2 Barcha fanlarda bo‘lganidek, ma’naviyatning ham mustaqil predmeti mavjuddir. Uning predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, maqsadi esa komil inson – iymon etiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir.
Ana shu keng qamrovli vazifalardan ko‘rinib turibdiki,inson kamoloti va jamiyatning yuksak darajaga ko‘tarilishi ma’naviyatni rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‘z oilasi, millati va Vataniga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof – muhit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bo‘lgan muammolarni ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qaerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bo‘lsa, o‘sha joyda, o‘sha mamlakatda johillik, hasadgo‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo‘rlik, g‘iybat qilishlik, ko‘rolmaslik, yovuzlik, qo‘paruvchilik, o‘z vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko‘rinishlariga o‘rin qolmaydi.
Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish jarayoni qanday murakkab bo‘lmasin, bari-bir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan payitda shaxs ma’naviy kamoloti va millatning yuksalishini ta’minlashga xizmat qilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida sodir bo‘ladigan «o‘zaro ta’sir» va «o‘zaro boyitish» orqali bo‘ladigan jarayonlar kiradi. Ya’ni shaxs ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida shakllanadi. Hech qachon shaxs, inson o‘zgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa munosabatlarsiz taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma’naviyat ana shu o‘zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi. Shunday qilib, ma’naviyat rivojlanishida «ta’sir» va «aks ta’sir» qonuniyati mavjud bo‘lib, u ma’naviyatshunoslikning rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki «Ma’naviyatshunoslik»ning ham boshqa ijtimoiy – gumanitar fanlar kabi, o‘ziga xos kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Ularni o‘rganishni takomillashtirib borish yo‘li bilan ma’naviyatshunoslikning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi imkoniyatlardan yana ham kengroq foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotida o‘rnining oshib borishi
Ma’naviyatshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanib va takomillashib borishi uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi rolini oshirmoqda.
Ma’naviyat- davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqtirildi.
Ana shu sabablar va ehtiyojlar mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin ma’naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustivor siyosat darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi. Shu sababli Respublika Birinchi Prezidentimizi 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish to‘g‘risida»; 1999 yil 3 sentabrr’da «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 1996 yil 9 sentabrr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustivor yo‘nalishi, deb hisoblansin»,3 deb belgilandi.
1 Каримов И. А. Ўзбекистон: Миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.–Т.: Ўзбекистон, 1993.-Б. 74.