Pedagogikada an’anaviy integratsiyaning talqin qilishlik



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#163376
  1   2   3
22 PEDAGOGIKADA AN’ANAVIY INTEGRATSIYANING TALQIN QILISHLIK


PEDAGOGIKADA AN’ANAVIY INTEGRATSIYANING TALQIN QILISHLIK

Reja




  1. An’anaviy sinf-dars texnologiyasining farqli belgilari.

  2. An’anaviy ta’limning tasnifiy tavsifi. An’anaviy ta’lim tamoyillari.

  3. An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari.

  4. Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-xuquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy, xalq ta‘limi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.


Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida ham olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning ma‘naviy salohiyatini oshirish, ta‘lim tizimini tubdan islox qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida o‘z aksini topdi.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini o‘rganish va ta‘lim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning ustivorligini ta‘minlash va ma‘naviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy g‘oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos ta‘lim tizimini yaratish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida ta‘lim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi ta‘lim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta‘lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualari yaratish va o‘quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta‘minlash”ga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ma‘lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001 yy) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish “... jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish”.
Ikkinchi bosqich: (2002-2005 yy) Milliy dasturini to‘la ro‘yobga chiqarish8, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharotlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, “Ta‘lim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustaxkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayoni yukori sifatli o‘quv adabiyotlar va ilg‘or pedagogik texnologiya bilan ta‘minlanadi”.
Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalar taxlil etiladi. Ular umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish” ko‘zda tutiladi.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin