Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning ikki manbai Reja: Pedigogik texnologiyalarning turlari. Pedagogik texnologiyalarni shaxsni psixik xususiyatlarni rivojlantirish jihatidan guruhlash. O’zlashtirish jarayoniga yondashuv jihatidan texnologiyalarni guruhlash. Ta’lim tizimida munosabatlarni shakllanishi. Tayanch iboralar: O‘qish, o‘qitish, assotsiatsiya, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, baholash texnologiyasi, pedagogik talab texnologiyasi, nutqiy-axborot, pedagogik konflikt tushunchasi;
1. Pedigogik texnologiyalarning turlari. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga oladi.
O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tuzumlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday va qanaqa mehnat qurollari bilan ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbai – o‘qituvchi bo‘ladi.
2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich.
4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi.
5. O‘qitishni zamonaviy EHM vositasida boshqarishni avtomatlashtirish bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi.
2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o‘qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi.
Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi kun tartibiga qo‘yildi. Auditoriyalarga kirib o‘quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchi-talabalar bilan muloqoti.
Muloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olgan tasavvurlari;
- muloqot yuzasidan fikrlashi;
- pedagogik muloqotni tashkil etish texnikasi;
- ishga ijodiy yondashishi.
2. Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq-atvor va ijtimoiy madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
3. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va belgilash.
- xatti-harakatlardan olgan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash o‘qituvchi (pedagog) o‘z imkoniyatini tahlil etishi, ta’sir samaradorligini oshirishi);
- pedagogik baholash texnologiyasi.
4. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, namoyishli va ko‘rgazmali axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazma obrazi;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- namoyish va ko‘rgazmali vosita, iqtisodiy, etik, estetik, gigiyenik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini namoyyish qilish texnologiyasi.
5. Pedagogik materiallarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasida qarama-qarshiliklar tavsifi sifatida, bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
- konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, toifa).
Pedagogik texnologiyar ning qo‘shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi.
4. O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.