O’zbekistonda
uzluksiz
ta’lim
tizimi
shakllangan. Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim
turlarinini o’z ichiga oladi:
-
Maktabgacha ta’lim
-
Umumiy o’rta ta’lim
-
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi
-
Oliy ta’lim
-
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
-
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
-
Maktabdan tashqari ta’lim
Uzluksiz ta’lim –
malakali
raqobatbardosh kadralar
tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning
barcha turlari, DTS ni,
kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko’rsatish
tizimini o’z ichiga oladi. O’zaro mantiqiy izchillik
asosida
bog’langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib
boruvchi va bir
– birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat
yahlit ta’lim tizimi. O’zbekiston Respublikasida kadrlar
tayyorlash tizimining asosi, ta’lim sohasida davlat siyosatining
asosiy tamoyillaridan biri 1997 yil 29
– avgustda qabul
qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tamoyil sifatida
qayd etilgan. Umumiy ta’lim milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlaridan biri, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy –
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi jamiyat va davlatning
iqtisodiy, ijtimoiy,
ilmiy
– tehnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustivor sohadir.