Page 844 buyuk davlatni barpo etayotgan Vatanimiz O’zbekiston Respublikasi
uchun alohida bir shior bo’lib xizmat qiladi [5-8]. Keng pedagogik
ma’nodagi tarbiya ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, jamiyat
tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o’qituvchilar, tarbiyachilar
tomonidan amalga oshiriladi, turli xildagi o’quv mashg’ulotlari, maxsus
o’tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik
olimlar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni tushunadilar. bu fikr
esa, ancha tor tushuncha hisoblanadi. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas,
balki kattalar ham muhtojdir. Hozirgi kunda esa ba’zi yigit - qizlarimiz,
shuningdek yoshi kattalar ham odob - axloq qoidalariga zid ishlarni ham
amalga oshirayotganini ko’rishimiz mumkin
1
. Demak, pedagogika insonni
go’dakligidan boshlab to umrining oxirigacha kerak bo’ladi. Shu bilan
birgalikda, turmush odobiga o’rgatuvchi va shu narsalarni tahlil va tadqiq
etuvchi fan desak ham bo’ladi
2
.
Dars, uning turlari va tuzilishi mavzusini o’rganish bo’yicha quyidagilar
asosiy vazifa sifatida belgilandi [9].
1. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilishdagi qarashlari. Uning
dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg’onish davri madaniyatining ta’siri
ostida vujudga kelish faoliyatini o’rganish.
2.Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars tizimi.
O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini chuqur
egallashlari, uning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy - axloqiy sifatlarini
tarbiyalashdagi vazifalarini o’rganish.
3.Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan
pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy dars xususiyatlarini
o’rganish.
4.Zamonaviy didaktik talablar asosida tashkil qilingan , Yevropaliklarning
mustamlakalar uchun kurashi mavzusi bo’yicha darsning texnologik
xaritasini ishlab chiqish.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Ya.
A. Komenskiy ( 1592 - 1670 ) tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf -
dars tizimini yaratgan. Ya. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi
qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb
mamlakatlariga juda ham tez tarqaldi. Ta’limni tashkil qilishning birdan -
bir shakli deb e’tirof etilgan [10-14]. Sinf - dars tizimi sharq
mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga
tadbiq bo’lmadi. Ularda oktabr to’ntarilishiga qadar o’rta asr maktablariga
1
G’oziyev E. “Umumiy psixologiya“ T - 2002.
2
G’oziyev E. “Pedagogik texnologiya masalalari“ “Xalq ta’limi “ T - 1999. 6- son.