Page 847 bo’lishiga imkon yaratgan bo’lamiz.
Darsning turlari va mazmuni
5
Bir soatlik darsga mo’ljallangan dastur materiallarining mazmunini
bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda
tashkil qilingan mashg’ulot turi dars turi deb yuritiladi. Ta’lim tizimida
eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardan iborat:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
3. Takroriy - umumlashtiruvchi va kirish darslari.
4. O’quvchilarning bilim va malaka, ko’nikmalarini tekshirish va
baholash darsi.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birgalikda
qo’llanilishi tushinilad)
6
.
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor. Bu
narsalar esa, o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali
tushintirishga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning
o’zlashtirilishini nazorat qilib borishga yordam beradi. Ma’lum bir dars
turi bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir
dars turining elementlari bo’lishi mumkin. Masalan, o’quv yurtlarimizda
eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri - yangi bilimlarni bayon
qilish darsidir. Bu dars turi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Yangi bilimlarni bayon qilish.
2.Yangi bilimlarni mustahkamlash.
3.Yangi bilimlar ustida mashq qilish.
4.Yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalarini topshirish.
Demak, dars bishidan oxirigacha bir dars turi bilan olib borilmaydi [24].
Balki, shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni
mustahkamlash (ikkinchi bir dars turi elementi - savol javob o’tkazish),
yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (uchinchi bir dars turi element -
masala va misollar yechtirish, Grammatik tahlil, grafik ishlar olib borish),
uyga vazifa kabi ko’plab turlarini qo’llash mumkin. Shunga qaramay,
darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangidan - yangi bilimlarni
berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shu o’tiladigan mavzuga
moslashtiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi
deb yuritiladi. Ma’lum bir dars turi bilan ish olib borilayotganda, boshqa
bir dars elementlari asosiy dars turidan o’rin olishi va ayni paytda
asosiy dars turning tuzilishini, uning qismlarini anglatadi [25]. Biroq, dars
5
Yo’ldashev Z. Usmonov A. “Pedagogik texnologiya asoslari“ Toshkent. O’qituvchi - 2004.
6
Zaripov K. “Yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bosqichlari “Xalq ta’limi - 1997. 4- son.