Sana 2018yil Sinf: 7-“ ”
1-DARS: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari.
Maqsad:Ta'limiy: O'quvchilarda zoolgiya fani uning rivojlanish tarixi hayvonlaming hilma hilligi to'g'risida tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning zoologiya fani haqida bilimlarini rivojlantirish.
Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat
O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat.
Dars jihozi: jadvallar , zoolog olimlar partretlari.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Ta'tilda qilgan ishlari yuzasidan savol javob o'tkazish.
III.Yangi mavzu rejasi : 1. Zoologiya fanining o’rganilish tarixi . 2. Zoologiya fani va uning vazifalari. IV.Yangi mavzu bayoni. Hayvonlaming xilma-xilligi va ular turlari soni o'simlikiar, zamburug'iar,
bakteriyalar bilan solishtirib tushuntiriladi. Yashash muhiti to'g'risidagi tushunchalar hayvonlar tuzilishi
va hayotiy xususivati bilan bog'lab o'rganiladi. Dars hikoya va suhbat shaklida olib boriladi.
Hayvonlaming ahamiyatini tushuntirishda mahalliy materiallarga ko'proq e'tibor berilishi; xilma-
xilligini ular tiizilishining yashash muhitiga bog'liqligini aytib o'tish lozim. Mavzuni fizika fanidan
olingan tushunchalar asosida suv hayvonlari gavdasining suyri, quruqlik hayvonlari yapaloq bo'lishi
bilan izohJab beriladi.
Zoologiya - eng qadimiy fan.Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16-17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko'rinadigan hayvonlami kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlami tur, urug', turkum va sinflarga ajratib o'rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o'rtalarida hayvonlami o'rganish orqali o'zining olamshumul evolutsion talimotini yaratdi. 19-asrda hayvonlaming embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o'rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, chorvachilik va xalq xo'jaligining boshqa sohalari bilan bogliq.
Zoologiyaning rivojlanishiga o'zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo'shishgan. D.N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o'rganishni boshlab berdi. L.M. Isayev va P.F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O'rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlaming tugatilishi uchun asos boldi. T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlami; A.M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, AT. Tolaganov, JA. Azimov, M.A. Sultonov, S.N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlami o'rganishgan.