Bahs munozara kechasini loyihalashtirish. Bahs munozara kechalarini tashkil etish barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Merriam Vebster lug‘atida bahs-munozara(debat) biror mavzu yuzasidan ma’lum qoidaga muvofiq “so‘z va dalillar raqobati”, rasmiy muhokamadir [97].
G‘arb olimi M.Zaleski fikriga ko‘ra bahs munozara (debat) berilgan topshiriq, mavzu yuzasidan ikki qarama-qarshi guruhning o‘z qarashlari, fikriga ishontira olish musobaqasi, o‘yinidir. Bahs munozaraning natijasi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi [67]. Asosiy e’tibor dalillarni chiroyli, rivojlangan nutq orqali ishonchli bayon etishga qaratiladi.
M.Zaleskidan farqli ravishda rus olimi YE.I.Passov bahs munozara o‘yin bo‘lmasdan, halollik, raqibni hurmat qilish, yutqazuvchi tomonlar mavjud bo‘lmaganlik qonuniyatiga asoslangan munozara, fikr almashinuvi deb baholaydi. Ikki jamoa, guruh mavzu yuzasidan o‘z dalillarini to‘plangan ishonchli ma’lumotlariga asoslanib ekspertlarga bayon etadilar [73].
Informatika o‘qituvchisi bahs munozarani loyihalashtirishi uchun quyidagilarni amalga oshiradi.
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; O‘qituvchi mavzuni tanlaydi, guruhlarni shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi.
Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollarni tayyorlaydi.
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. Ma’qul topsa bo‘lsa, chetdan o‘qituvchilarni, o‘quvchi, talabalar, ota-onalarni taklif qiladi.
Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javoblar beriladi, qo‘shimchalar qilinadi.
5.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa qiladi: O‘qituvchi o‘zi uchun yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beradi.
Yuqoridagi loyihalash bosqichiga asosan bahs munorzarani loyihasini tuzamiz.
1.Bahs munozara uchun mavzu tanlash. Har bir bahs munozara mavzusi biror yo‘nalishdagi jarayonni ifodalashi, dolzarb va bahsli, munozarali masala mavjud bo‘lishi. Vaqt cheraralanganligini hisobga olib, mavzu keng qamrovli bo‘lmasligi, jarangdor bo‘lishi kerak. Masalan,
O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak: tarafdorlar va qarshilar.
“Internet-bolalar-ota-ona” muammosi yechiladimi?
Internet global yaxshilikmi?
Internetdan foydalanish uchun chet tilini bilish kerak: tasdiqlovchilar va qarshilar va h.k.