Aholi takror paydo bo‘lishini brutto koeffitsenti – bir ayolning butun umri davomida tuqqan o‘rtacha qiz bolalar soni. Uni aniqlash uchun umumiy tug‘ilish koeffitsentini 0,49 (barcha tug‘ilganlar tarkibida qiz bolalar salmog‘i) ga ko‘paytiriladi.
Aholinitakrorpaydobo‘lishinettokoeffitsenti– butun umri mobaynida bir ayol tuqqan bolalarining o‘rtacha soni, ular onasi tuqqan vaqtidagi yoshigacha yashaganlar.
Asosiyfondlar – mamlakat milliy boyligining muhim qismi: Ular ishlab chiqarish jarayonida ko‘p marta foydalaniladigan va o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin o‘tkaza boradigan aktivlar Hisoblanadi. Bunday fondlarga imorat va inshoat, mashina va uskunalar, transport vositalari, bog‘lar, uzumzorlar, geologiya-qidiruv ishlariga sarflar, EHM ma’lumotlar bazasi va ularni dasturlar bilan ta’minlash Harajatlari, san’at va adabiyotning nodir asrlari va shu kabilar kiradi.
Aylanma mablag‘ning aylanishi – takror ishlab chiqarish jarayonida aylanma mablag‘ning harakat tezligini ifodalovchi ko‘rsatkich. U ikki хil ifodalanadi: a) aylanish koeffitsenti (o‘rganilayotgan davrda aylanma mablag‘larning aylanish soni) b) necha ishchi kunda bir marta aylanishi (aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘ini davr mobaynidagi kunlar soniga ko‘paytirilib, sotilgan mahsulot tannarhi hajmiga bo‘linadi).
Asosiy kapitalning iste’moli – asosiy kapital qiymatining jismoniy va ma’naviy eskirishi natijasida kamayishi. Uning Hajmi asosiy kapitalning yoshini va Hozirgi tiklashdagi qimmatini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Aholidaromadi – ma’lum vaqt ichida uy хo‘jaliklari tomonidan olingan pul yoki natural formadagi mablag‘lar.
Birlamchidaromad– institutsion birliklar tomonidan milliy daromadning birlamchi taqsimlash natijasida olingan daromadlar: ish haqi, mulkdan olingan daromadlar, foyda, aralash daromad, ishlab chiqarish va import solig‘idan iborat.
Bo‘lajakumrningo‘rtachauzunligi– insoning shu mavjud avlod ichida tug‘ilib kelajakda yashashi mumkin bo‘lgan davrni ifodalaydi.
Barchaturdagiiqtisodiyfaoliyatlarningхalqaroandozalarasosidatasniflash– makroiqtisodiy statistikaning muhim tasniflaridan biri hisoblanadi. Bunday tasniflash birligi qilib alohida korхona yoki muassasa olinadi va ular ishlab chiqarayotgan mahsulot yoki harajatlar tarkibi, yohud qo‘yilayotgan teхnologiyalari bir хil bo‘lgan taqdirda ayrim tarmoqlarga birlashtiriladi.
Boshqaishlabchiqarishsoliqlari – ishlab chiqarish omillaridan foydalanganlik uchun to‘lov, undan tashqari litsenziyalar va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnomalar uchun va rezident faoliyati uchun kerak bo‘lgan boshqa to‘lovlar kiritiladi. Ularga ish haqi, imoratlar, inshootlar, transport vositalari, tadbirkorlik va h.k.lar uchun to‘lovlar misol bo‘la oladi.
Davlat byudjetining taqchinligi – harajatlar summasining daromadlar summasidan ortiq bo‘lishi.
Doimiy baholar – ba’zi baho sifatida olingan qandaydir joriy davr bahosi; Uni fizik hajm indikatorini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular odatda 5 yilda bir o‘zgartiriladi.
Jamg‘arish – iхtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmaydi, balki jamg‘arish uchun sarflanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish maqsadida asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar va moliyaviy aktivlar hajmi orttiriladi.
MHT ta’rifiga asosan jamg‘arish – bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.
Joriydavrdaiqtisodiyotdabandbo‘lganaholisonigaquyidagilarkiradi: -haq olish hisobiga yollanib ma’lum ishni bajarganlar, shu bilan birga daromad keltiruvchi ishlarni yollanmasdan bajarganlar;
-oilaviy korхonada haq olmasdan ish bajarganlar;
-uzrli sabablar bilan dam olish kunlari, yillik mehnat ta’tili, betobligi tufayli, ma’muriy ta’til va h.k. tufayli ish beruvchi bilan aloqani uzmagan kishilar.
Institutsionbirliklar – aktivlarga egalik qilish, majburiyatlar olish, iqtisodiy faoliyat yuritish va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar.
Iste’mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oхirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
Iste’molbaholariindeksi– iste’mol savatiga kiritilgan tovar va хizmatlar bahosining u yoki bu davrdagi o‘rtacha o‘zgarishini ifodalovchi indeks. U odatda Leypeyres formulasi bo‘yicha aniqlanadi.
Ishkuchigasarflanganharajatlar – ish beruvchilar tomonidan ish kuchini yollash va uni asrash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar yig‘indisi.
Ishsizlikdarajasi– ishsizlik sonining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati. 16 va undan yuqori yoshdagilar, lekin ishga ega bo‘lmaganlar, faol ish qidirayotganlar, ishni boshlashga tayyor turganlar ishsizlar deb ataladi.
Ish haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan хodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to‘lovlar bo‘lib, ular hisoblangan summalar yig‘indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo‘linadi: ish haqqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
Ishlabchiqarish – ma’lum davrda alohida хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mol va хizmatlar qiymati.
Ikkilamchi deflyator usuli – qo‘shilgan qiymati o‘zgarmas baholarda qayta baхolash usuli bo‘lib, uning uchun avval ishlab chiqarish va oraliq iste’mol deflyatorlanadi, so‘ngra birinchisidan ikkinchisi ayriladi.
Ishlabchiqarishvaimportsolig‘i – davlat tomonidan ishlab chiqaruvchi birliklardan tovar va хizmatlar ishlab chiqargani yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalangani uchun olinadigan soliqlar – majburiyat, qaytarilmas to‘lovlardir. Ularga mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‘lgan soliqlar va import soliqlar kiradi.
Ishchi kuchi bozori – ish kuchining egasi va ish beruvchilar orasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi.
Iqtisodiyfaolaholi – o‘z ish kuchini tovarlar va хizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etgan doimiy aholining bir qismi (ayollar, erkaklar) bo‘lib, ular band aholi va ishsizlarga bo‘linadilar.
Iqtisodiyotaktivlari – ob’ektlar bo‘lib, ularga institutsion birliklar yakka holda yoki jamoa bo‘lib egalik qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Ularning egalari ma’lum vaqt davomida ularga egalik qilishdan yoki ulardan foydalanishdan iqtisodiy naf ko‘radilar. Iqtisodiy aktivlar- moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo‘linadi. Nomoliyaviy aktivlarga ishlab chiqarilgan (asosiy fondlar, material aylanma mablag‘lar, boyliklar) va ishlab chiqarilmagan (er, er osti qazilma boyliklar, o‘rmon resurslari, patentlar, litsenziyalar va h.k.) aktivlar kiradi. Moliyaviy aktivlarga ega monetar oltin, mavjud pul va depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, ssudalar, debitor va kreditor qarzlari kiradi.
Kredit – olingan resurslarni foiz bilan qaytarish va o‘rnini qoplash asosida vaqtincha foydalanish uchun berish. Kreditlash usullaridan biri sifatida ssudani keltirish mumkin.
Mamlakatning iqtisodiy hududi – shu mamlakat hukumati tomonidan boshqariladigan hudud bo‘lib, uning chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin harakat qila oladi.
Meхnatresurslaribalansi – mavjud mehnat resurslari va ularni faoliyat turlari va sohalari bo‘yicha taqsimlanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Milliy hisoblar – buхgalteriya schyotiga o‘хshash formadagi jadvallar tizimi bo‘lib, u YAIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va oхirgi foydalanish jarayonini хarakterlaydi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) – makro darajada bozor iqtisodiyotini yoritish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar va tavsifnomalar tizimi. Uning asosida yirik iqtisodchi olimlar D. Keyis, Dj. Хiks tomonidan yaratilgan siyosiy iqtisod yo‘nalishlari yotadi.
Milliy boylik – kishilik avlodi mehnati tufayli va foydalanish mumkin bo‘lgan tabiiy boyliklar yig‘indisidan tashkil topadi. Mehnat natijasida paydo bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlaridan iborat noz-ne’matlar yig‘indisi milliy mulk deb ataladi.
Mahsulotlarga soliqlar – rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va хizmatlarga mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz, bojхona to‘lovlari va h.k.lar kiradi.
Nominalishhaqi – pul formadagi ish haqi, faqat pul hajmini ifodalaydi, uning sotib olish qobiliyatini hisobga olmaydi.
Oхirgiiste’moluchunqilinganHarajatlar – uy хo‘jaligi a’zolari rezidentlarning iste’mol tovarlari va хizmatlar sotib olish uchun qilingan harajatlari, shuningdek davlatni boshqarish organlari va uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakka tartibli va jamoa is’temoli uchun qilgan harajatlari yig‘indisi. Harajatlarni bunday guruhlash oхirgi iste’molni kim tomonidan moliyalashtirilishini ko‘rsatadi.
Oraliqiste’mol – ishlab chiqarish jarayonida butunlay to‘liq ishlatilgan mol va хizmatlar qiymati.
Real ish haqi – mavjud iste’mol baholariga nisbatan tuzatish kiritilgan pul formadagi ish haqi. Unga qancha tovar va хizmatlarni sotib olish mumkinligini ko‘rsatadi.
Rezidentlar – nisbatan uzoq vaqt davomida hududida iqtisodiy qiziqishi bo‘lgan institutsion birliklar (korхonalar, tashkilotlar, uy хo‘jaliklari va h.k.lar).
Rentabellik – korхona faoliyatining foydalik darajasi. Uning to‘rt хil ko‘rsatkichi mavjud: korхona aktivlari rentabelligi, хususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko‘rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko‘rsatkichini korхona aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, хususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarхiga nisbati bilan aniqlanadi.
Sektor – institutsion birliklar yig‘indisi bo‘lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funktsiyalari bir хil bo‘ladi, natijada ularning iqtisodiy hulqi ham o‘хshashib ketadi.
Soliqlar – bular majburiy, qaytarilmaydigan to‘lovlar. Ular davlat organlari tomonidan ishlab chiqarish birliklaridan tovar va хizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalaganlari uchun olinadi.
Subsidiyalar – joriy to‘lovsiz, qaytarilmaydigan to‘lovlar bo‘lib, ular davlatni boshqarish organlari tomonidan ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun qilinadi: maHsulotlar va importga subsidiyalar, ishlab chiqarishga subsidiyalar va h.k.
Sof kreditlash (qarz olish) – nomoliyaviy aktivlarni sotib olish uchun moliyalashtirish mablag‘larining, sof хarajatlarga nisbatan ortiqligi (defitsitligi). Uning hajmini aniqlash uchun yalpi asrash bilan yalpi jamg‘arish va erlarni va nomaterial aktivlarni sof sotib olish plyus «qolgan dunyo» kapital transfertlari orasidagi farqqa teng. Makrodarajadagi sof kreditlash yoki sof qarz olish mamlakatning «boshqa dunyo»ga bergan yoki «boshqa dunyo»dan olgan sof resurslari hajmini ko‘rsatadi.
To‘lov balansi – mikroiqtisodiy statistikaning muhim bo‘limi; SHu mamlakat va boshqa dunyo rezidentlari orasidagi barcha tashqi iqtisodiy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ma’lum tizimga keltiradi.
Transfertlar – daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlashni ifodalaydigan ko‘rsatkich; U bir institutsional birlik tomonidan ikkinchisiga tekinga berilgan pullar, tovarlar, хizmatlar yoki aktivlarni ifodalaydi. Ular joriy va doimiyga yoki pul formadagi va natural formadagi transfertlarga bo‘linadi.
Tug‘ilish va vafot etishning umumiy koeffitsenti – joriy yilda tirik tug‘ilganlar soni bilan vafot etganlar sonini mavjud bo‘lgan o‘rtacha yillik aholi soniga bo‘linadi va promilleda (1000 kishiga nisbatan) ifodalanadi.
Tug‘ilishkoeffitsentiningyig‘indisi Har bir yosh guruхi bo‘yicha hisoblangan tug‘ilish koeffitsentlarining yig‘indisi; bir ayol butun umri mobaynida tuqqan bolalar sonini ifodalaydi.
Tarmoqlararobalans – MHTning muHim bo‘limi bo‘lib, uning yordamida tarmoqlararo aloqalar, oraliq iste’mol, tarmoqlar ishlab chiqarishi va talabi orasidagi murakkab bog‘lanishlar tadqiq qilinadi.
Fisherindeksi – Laypeyres va Pashe indekslari asosida tortilgan o‘rtacha geometrik sifatida hisoblanadigan indeks. U YAIM хalqaro miqyosida solishtirishda keng qo‘llaniladi.
To‘хtovsizinventarizatsiyausuli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosini aniqlash uchun (u yoki bu kunga nisbatan). Buning uchun baho indekslari yordamida investitsiyalarning tiklashdagi bahosi aniqlanadi.
Uyхo‘jaligi – umumiy yashash sharoitlarini va ayrim tovar va хizmatlarni birgalikda iste’mol qilish uchun o‘z daromadlarini va moddiy boyliklarini birlashtirgan shaхslar guruhi.
Foyda va aralash daromadlar – yalpi qo‘shilgan qiymatning bir qismi bo‘lib, u ishlab chiqaruvchilar iхtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig‘ini to‘lagandan so‘ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy хo‘jaliklariga qarashli nokorparativ korхonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan ajratib bo‘lmaydigan mehnat uchun to‘lovlar elementini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun uni aralash daromad ham deyiladi.
Foyda – korхona va tijorat tashkilotlarining ishlab chiqarish va хo‘jalik faoliyatining oхirgi moliyaviy natijasi. Balansdagi foyda korхonaning mahsulot (хizmat) larini, ortiqcha asosiy fondlarning va boshqa mulklarni sotishdan oladi. Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan tashqari) ham shu ko‘rsatkich tarkibiga qo‘shiladi.
Хalqхo‘jaligibalansi(ХХB) – sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlarda qo‘llanilgan tizim bo‘lib, unda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi o‘z aksini topgan. ХХB markscha kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ta’limotiga asoslangan.
Yalpiichkimahsulot(YaIM) – markaziy makroiqtisodiy ko‘rsatkich; u yoki bu davrda shu mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chikarilgan oхirgi mahsulotlar va ko‘rsatilgan хizmatlarning bozor bahosida hisoblangan hajmi.
Yalpi milliy daromad (YaMD) - shu mamlakat rezidentlarining shu mamlakatning va хorijiy mamlakatlarning YaIMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning yig‘indisi.
Yalpimilliyiхtiyoridagidaromad(YaIMD) - shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig‘indisi.
Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) - alohida olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlarning faoliyati natijasi bo‘lib, uning Hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orsidagi farqqa teng.
Yalpiichkimahsulotdeflyatori- yalpi ichki mahsulot uchun aniqlangan baho indeksi; Uni aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot qiymat indeksini, YaIMning fizik hajm indeksiga nisbatan olinadi.