So‘zlar: gul, kitob, bulut, bog‘bon, mehnat, daftar
Quyidagi berilgan so‘z birikmalarining ma’nosini bir so‘z bilan ifodalang:
1. Otamning singillari –
2. Nonning kichkinasi –
3. Echkining bolasi –
4. Hisoblash mashinasi –
5. Keng dala –
Na’muna: Nonning kichkinasi – kulcha
Quyidagi chizmalarga mos gaplar tuzing.
…………… - - - - - - - .
………….. - - - - - - - - - - .
- - - - - - - - - ……… ..
…………… ...................... !
- - - - - - - - …………… ……………… .
Na’muna: Biz bugun do‘stlarimiz bilan muzeyga bordik .
……… - - - - - - - - - - - - …………
Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing. Matnda qo‘langan gaplarni so‘z birikmalariga ajratib yozing.
Mahalladosh
Mahallada qaysi kampirni uyidan topolmasangiz, to‘ppa-to‘g‘ri Otinoyinikiga boravering! Otinioyining hovlisi past ko‘chaning etagida. Uyi ham boshqalarnikidan ajralib turadi. Ikkita derazali pastak uy. Boshqalarning derazasi oldida gilos bo‘lsa, Otinoyinikida ikki tup tut bor. Boshqalarning tomi tunuka bo‘lsa, Otinoyining tomi shifer. Hammaning tomida televizor antennasi bor, Otinoyinikida yo‘q. Ammo uning uyi hamisha hammanikidan gavjum bo‘ladi. Doimo ochiq turadigan pastak darvozadan kirishingiz bilan eng avval dimog‘ingizga gup etib rayhon isi uriladi. Keyin bir mahalla xotinning gangur-gungur suhbatini, bolalarning qiy-chuvini eshitasiz. Mashina sig‘maydigan tor yo‘lakdan o‘tib, qutidekkina shinam hovliga kirasiz. Ariq tortib ekilgan rayhonlar belga uradi. Osh rayhon, sada rayhon, oq rayhon, qora rayhon. Hovli etagida, eski bostirma oldida bir tup o‘rik bor. Dovuchcha tukkanidan boshlab turshak bo‘lguncha mahallaning qora-qura bolalari shoxdan shoxga tarmashadi.
Dostları ilə paylaş: |