Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni bepul foydalanishga berish to‘g‘risidagi



Yüklə 111,6 Kb.
səhifə4/21
tarix19.05.2023
ölçüsü111,6 Kb.
#117241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1 B sinf

I. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2022/2023 o‘quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2023_ yil 30 maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo‘lgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi:
1. Ona tili va o`qish savodxonligi 2. Ona tili va o`qish savodxonligi mashq daftari 3.Matematika 4.Matematika mashq daftari 5. Tabiiy fan 6. Tabiiy fan mashq daftari 7.Tarbiya 8. Jismoniy tarbiya 9. Tasviriy san`at 10. Tasviriy san`at daftari 11.Texnologiya 12. Texnologiya daftari 13. Ingliz tili 14. Ingliz tili mashq daftari . 15. Alifbe . 16. Musiqa 17. Musiqa daftari


II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida ko‘rsatilgan tartibda to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko‘rsatilgan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo‘lgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari to‘g‘risida ma'lumotlar bilan ta'minlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarning to‘liq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini ta'minlash;
3.2.2. Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar yo‘qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o‘quv-metodik qo‘llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘lash:
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.

Yüklə 111,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin