O’tilgan mavzuni so’rash. Sh. Xolmirzayev hayoti va ijodi yuzasidan o’quvchilarning olgan bilimlarini sinash uchun topshiriqlar beramiz
1-topshiriq.“Ikki qism kundalik” usulida ma`lumotlarni har bir guruhga to`ldirish topshiriladi.
O’quvchilar berilgan jadvalning birinchi qismidagi Sh.Xolmirzayev ijodiga oid yo’nalishlar chap tomonga yoziladi va o’quvchilar o’ng tomonga unga mos keluvchi ijod namunalarini yozadilar va taqdimotini o’tkazadilar.(3 daqiqa)Taqdimotlar tugagach,proektr orqali to’g’ri javoblar namoyish etiladi va har bir guruh o’z ishini o’zi baholab tekshirib olish imkoni beriladi.
2-topshiriq.Guruhlar o’rtasida “Zanjir usuli” dan foydalanib Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodiga oid og`zaki ma’lumot aytish musobaqasi tashkil etiladi.Aniq va takrorlanmagan ma`lumotni guruhlar galma-galdan davom ettirishadi va har bir to’g’ri ma’lumot uchun rag’bat berib boriladi.Takrorlagan va to’xtab qolgan guruh o`yindan chiqadi.
1-o’quvchi:Shukur Xolmirzayev O’zbekiston xalq yozuvchisi
2-o’quvchi:Yozuvchi 1940-yil 24-martda Surxandaryoning Boysun tumanida tug’ilgan.
3-topshiriq.O’quvchilarning badiiy asar janrlari yuzasidan bilimlarini sinaymiz.Buning uchun “Tushunchalar tahlili” usulidan foydalaniladi.Har bir guruhga ikkitadan nazariy ma’lumot yozilgan tarqatma beriladi va ular bu ma’lumotlar qaysi janr haqida ekanligini topib,doskadagi jadvalning mos joyga yopishtirib qo’yishadi.