Darsning maqsadi: a ta`limiy maqsad



Yüklə 386,44 Kb.
səhifə4/5
tarix17.08.2023
ölçüsü386,44 Kb.
#139651
1   2   3   4   5
TUCHUNCHA NOMI



TUSHUNCHA IZOHI

HIKOYA




QISSA




ROMAN




SHE’R




PYESA




TRAGEDIYA





…-echki qo’shig’I degan ma’noni anglatadi.Oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asari

… Inson hayotini jamiyat bilan bog’lab,keng tasvirlovchi yirik epik janr hisoblanadi.Qissa hikoyalardan o’zida ko’plab personajlarni taqdirini aks ettirishi,katta miqyosdagi voqea-hodisalarni tasvirlashi bilan farq qiladi.

.


…-badiiy adabiyotdagi kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar.

…shoining fikri va ichki kechinmalari ifodasi bo`lib, ma`lum bir tartibga solingan ritmik nutq.




…o`zbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asar.

… teatr(shuningdek, radio va televideniye)da qo`yish uchun mo`ljallangan dramatik asar.

O’quvchilar faolligi rag’batlantirilib,javoblar javoblar to’ldirib boriladi.Shukur Xolmirzayev haqida qo’shimcha ma’lumotlar beriladi.



YANGI MAVZU BAYONI
Reja:
1.Shukur Xolmirzayev ijodi haqida.
2.“Ot egasi” hikoyasini o’rganish
3.Hikoya matni ustida ishlash.
Shukur Xolmirzayev hozirgi o’zbek adabiyotida o’z ovoziga,uslubiga ega bo’lgan ijodkorlardan biri hisoblanadi.U adabiyotimizga 1962-yil “Oq otli” povesti(hikoya) bilan kirib keldi.Asar bolalar uchun yozilgan bo’lib,unda yoshlarning o’ziga xos orzu-o’ylari va hayotga qarashlari aks etgan.Yozuvchi hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin,qandaydir muhim,salmoqdor ijtimoiy fikr ifodalashga intiladi.Uning bu xususiyatlari ayniqsa keying yillarda yaratilgan “Shudring tushgan bedazor”, “Cho;loq turna”, “Podachi”,”Ko’k dengiz”,”Qadimda bo’lgan ekan”, “Tabassum”,”Ustoz”, “Farzand” kabi hikoyalarida yaqqol namoyon bo’lgan. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida,asosan, Surxon vohasining koloriti yorqin sezilib turadi.Shunday hikoyalardan biri 1971-yilda yozilgan “Ot egasi” hikoyasidir.
Inson hayotini uni o’rab turgan tabiatdan holi tasavvur etib bo’lmaydi.Tabiatning esa ming bir giyohi, jonzoti bor.Insonning o’zi ham,bir mavjudod sifatida tabiat farzandi hisoblanadi.”Ot egasi” hikoyasi talqinini, avvalo, bosh qahramonga tanlangan ismni tushunishdan boshlash kerak.Hikoyaning bosh qahramoni Inod. Inod- arabchadan olingan bo’lib,”cho’rtkesar”, “qat’iyatli”, “qaysar” ma’nolarini beradi.
Asar muqaddimasi va oxirida alohida ta’kidlanganidek, Inodning hech narsaga alishmaydigan boyliklari-ko’ngil mulki bor. Garchi otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan bo’lsa-da,ulardan yodgor, judolik taftini bosib turadigan qishlog’I, maktabi hamda qorabayir oti unga madad. Qorabayirga qarab faqat “zo’r” tulporni ko’rayotgan kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdiyev uchun esa Inodning ko’ngli, unda kechayotgan tuyg’ular begona.Birovning mulk-u molini o’zlashtirishdan vijdoni qiynalmaydigan bu kimsa, endi o`sha birovning ko`ngil boyligiga ham chang solmoqni xohlaydi.O`sha “birov” deganlari ham odam ekanligini, faqat qorabayirdan ayrilmaslik uchun u nega hamma narsasidan voz kechmoqqa tayyorligi Egamberdini bir zum bo`lsin o`ylatmaydi. U niyatiga yetishsa-qorabayirga ega bo`lsa bo`ldi.
Hikoya matni ustida ishlash uchun guruhlarga topshiriqlar beriladi.
1-topshiriq “Inodning uch boyligi” deb nomlanadi.Bunda guruhlarga avvaldan berilgan topshiriq asosida asar matnidan kelib chiqib Inodning bittadan boyligini tasvirlab berishadi. O`quvchilar buni o`zlari tasvirlab chizgan suratlar va taqdimot orqali namoyish etishadi



Inodning
uch boyligi

QISHLOG`i


MAKTABI

TULPORI

2-topshiriq.” Muammoli ta`lim” metodi orqali o`quvchilarning hikoya haqidagi fikr-mulohazalari, tanqidiy tahliliy qarashlari rivojlantiriladi.Har bir guruhga bittadan muammo qo`yiladi va o`quvchilar uning sabab va yechimlarini topishga harakat qilishadi




Yüklə 386,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin