Darsning maqsadi: a Talimiy maqsadi


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü33,91 Kb.
#38907
1   2   3   4   5   6   7
3 chorak

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi (turli manbalardan zarur bo`lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash);

O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi (o`qib-o`rganish, bilimini mustaqil ravishda oshirib borish);

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi (o`zaro munosabatlarida muomala, huquqiy madaniyatga ega bo`lish);

Milliy va umummadaniy kompetensiya (milliy-madaniy an’analarni bilish, ulardan tasirlana olish,

ularga hurmat bilan munosabatda bo`lish);



Fanga oid kompetensiya: Nutqiy kompetensiya (Tinglab tushinish, gapirish, o`qish, yozish);

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning usuli: noan’anaviy

Jihozlanishi: darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, tarqatma materiallar.

Darsning borish:

  1. Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib, sinf xonaning tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O`quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o`quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

  1. Uyga vazifani so`rash

  2. Yangi mavzu bayoni:

Bo‘lajak harbiylar maskani

Toshkent harbiy telekommunikatsiya akademik litseyida bo‘lajak harbiylar tayyorlanadi. Bu yerga to‘qqizinch sinfini tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar qabul qilinadi. Litsey o‘quvchilari yarim kunlik o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy intizom va qurollardan to‘g‘ri foydalanish, guruhni mohirona boshqarish usullarini o‘rganadilar. Kunning ikkinchi qismida sport bilan shug‘ullanadilar. Kamida ikki soat kitob o‘qish bilan band bo‘ladilar. U yerda fan to‘garaklari, o‘n uch ming besh yuzga yaqin adabiyotlarga ega axborot resurs markazi bor.



Sonlar matematik miqdorni bildiradigan so‘zlardir. Ular butunni va uning qismini ko‘rsatishi mumkin. Miqdorni butunligicha bildiruvchi sonlar butun sonlar, butunning qismini ifodalovchi sonlar esa kasr sonlar deyiladi. Masalan: yetti (7), 30 (o‘ttiz), yuz (100), ming (1000) – butun sоnlаr; uchdan ikki (2/3), to’rtdan bir (1/4)yuzdan sakkiz (8/100) – kаsr sоnlаr.

  1. Mustahkamlash.

5-mashq. Berilgan raqamlarni o‘qing. Avval butun sonlarni, so‘ngra kasr sonlarni harflar bilan yozing.

1 ; 2/5; 5/3; 8, 25; 10, 20.



4-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. Sоnlаrning qo‘llаnishigа e’tibоr bеring.

Geografiya darsida

— Ayting-chi, Yer yuzining qancha qismi quruqlikdan iborat?

— Yer yuzining to‘rtdan uch qismi quruqlikdan iborat.

— Uni aylanib chiqish uchun taxminan qancha vaqt kerak?

— Agar piyoda aylanib chiqilsa 18 yil-u 9 oy kerak bo‘ladi.

Adabiy o‘qish

Ona yurt posbonlari

Mard, jasurdir, pahlavon

Vatanim posbonlar

Yurt uchun ko‘ksi qalqon

Ona yurt o‘g‘lonlari. Asraysiz kelajakni,

Qasamga sodiq qolib.

Yovlar yaqin kelolmas,



Bo‘lgaysiz mudom g‘olib.

5.Baholash O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o`quvchilar bilan ishlanadi.

6.Uyga vazifa: Ona yurt posbonlari she’rini yod olish.

O`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari_________________________________
Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin