Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga aylana uzunligi va doira yuzini topishni o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik va ekologik tarbiya berish. Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlash, mustaqil misol yechish va jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini mustahkamlash. Mamlakatimizda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy yangiliklardan voqif bo’lishga o’rgatish.
Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi
Sinf:
6
Sana:
Fan:
matematika
Psixologik iqlim yaratish
Psixologik iqlim yaratish
Uyga berilgan vazifani tekshirish
Asosiy qism – o’tilgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish
Darslik bilan ishlash
Tarqatmalar bilan ishlash
Mustaqil tahlil
Boshqotirma
9. Darsni yakunlash
DARSNING REJASI
Dars turi: Yangi bilim berish va mustahkamlash.
Dars usuli: Inter faol.
Dars uslubi: Slayd.
Dars jihozi: Chizg’ich, sirkul, osma qog’ozlar, kompyuterlar, boshqotirmalar rag’bat kartochkalari.
Darsning tashkiliy qismi. Sinf o’quvchilarini ikki guruhga ajratib olish.
Davomatni aniqlab, sinfda pisixologik muhit yaratish.
Uy ishlarini nazorat qilish.
Asosiy qism
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar tomonidan o’zaro savol javob o’tkazish.
1. Noyabr oyida qanday davlat ramzi nishonlanadi?
2. Dekabr oyida qanday kunni nishonlaymiz?
3. Uchburchak deb nimaga aytiladi?
4. Uchburchaklar tomonlariga ko’ra necha turga bo’linadi?
5. Uchburchaklar burchaklariga ko’ra necha turga bo’linadi?
6. Uchburchak ichki burchaklar yig’indisi necha gradus?
7. Uchburchak tashqi burchaklarining yig’indisi necha gradus?
8. Qanday uchburchak tug’ri burchakli uchburchakli deyiladi?