IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Darslik matni va «Atlas»dan foydalanib, Janubiy Amerikaning Lotin Amerikasidan qanday farqlanishini aniqlang.
Janubiy Amerikaning qaysi mamlakatlarida mahalliy hindular va qaysi mamlakatlarida yevropeoid irqiga mansub aholining eng ko‘p tarqalganligini va buning asosiy sabablarini aniqlang.
V.Uyga vazifa:mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi.
Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
III.Yangi mavzu bayoni Braziliya — Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.). Davlat tuzumi — Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana3ta federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklaiga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli vaqorametallaming boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temirrudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodirmetall konlari ko‘p. Ammo u yoqilg‘i resurslarining bironta xiliga boy emas.
Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2/3 qismi nam ekvatorial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir.
Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quwatlarini yashirib yotadi.
Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan foydali yer maydoni ko‘rsatkichiga ko‘ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bulaming hammasi Braziliyaning o‘ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2% ga o‘syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida kelib chiqishi bo‘yicha yevropaliklar salmog‘i, rasmiy ma’lumotlaiga ko‘ra, jami aholining 2/3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o‘rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa mamlakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko‘proq tarqalgan.
Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o'rtacha zichligi har 1 km2 maydonga 24 kishidan to‘g‘ri kelgani holda, uning 90% i jami hududining 2/5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi jami hududining 7% ini tashkil qiladigan torgina okeanbo‘yi hududlarida yashaydi. Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko‘proq maydonini tashkil qiladigan g‘arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5% igina yashaydi.
Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi — aholisining 86,9% i shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo‘lib, San- Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o‘rin oladi.