SINF:2
MAVZU:TO’G’RI TO’RTBURCHAK VA KVADRATNING YUZI.
DARSNING MAQSADI:
TA’LIMIY:O’quvchilarga shakllarning yuzasini topishga doir ko’nikmalarini shakllantirish va yangi bilimlarni berish.TK2:darslik va boshqa manbalardan
foydalana olish.
TARBIYAVIY:o’quvchilarda do’stlik tuyg’ularini shakllantirish.
TK5:Jamoat joyidagi odob-axloq qoidalarini va an’analarini o’zlashtirish.
RIVOJLANTIRUVCHI:o’quvchilarning geometrik bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.TK6:O’rganilgan matematik bilimlardan kundalik hayotda foydalana
Olish.
DARS TURI:Yangi bilim beruvchi
DARS USLUBI:tushuntirish,turli ta’limiy misollar,topshiriqlar.
DARS JIHOZI:Darslik, ko’rgazmalar,tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga darsning maqsadini tushuntirish.
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. O’quvchilar amal qilishi kerak bo’lgan “Oltin qoida”larni eslatish:
Faol bo’lish.
Intizomli bo’lish.
Fikrni to’la bayon qilish.
O’zgalar fikrini tinglash.
Yangiliklar sari intilish.
Vaqtdan unumli foydlanish.
“O’ng qo’l” qoidasi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
YANGI MAVZU BAYONI: 5
Yuza-bu o’lchash mumkin bo’lgan kattalik. 4 b 5
Agar a va b to’g’ri to’rtburchak tomonlarining
uzunliklari bo’lsa, u holda a ∙ b-uning yuzi; 2
2∙(a+b)- uning perimetri. a
To’g’ri to’rtburchakning yuzini S harfi bilan,
perimetrini esa P harfi bilan belgilasak u holda (1-rasm) 3 3
quyidagi formula kelib chiqadi:
Yuza: S=ab perimetr: P=2(a+b) 5
Topshiriq. (2-rasm)
2-rasmda berilgan to’g’ri to’rtburchakning perimetrini va yuzasini formula
yordamida toping.
2. Masalani yeching.
Chinorning balandligi 14 m.Majnuntolning balandligi undan 4 m kam.Majnuntolning balandligini toping.
3.Tenglamalarni yeching.
24+x=46 3∙x=18
30-x=10 20:x=5
4. Bir tomoni 5 sm ,ikkinchi tomoni undan 3 sm
kichik bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizing.
Uning yuzini toping.
Darsga yakun yasash.
O’quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa.
Qavslarni shunday qo’yingki tengliklar tog’ri bo’lsin.
50-10+30=70
80-50+10=20
15+3∙5=30
60-24:4=9
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
Berilgan geometrik shakllarning perimetrini va yuzasni toping.
HISOBLANG.
Dostları ilə paylaş: |