1-o‘quvchi: she’rda shoirning qalb kechinmalari tabiat bilan hamoxang bir tarzda tasvirlanadi.
2-o‘quvchi: tasvirlanayotgan tabiat hodisalari jonlantirish san’ati orqali tasvirlangan bo‘lib, unda tong payti bo‘ladigan jarayonda insonga xoslik bor.
3-o‘quvchi: Yerdan hovur ko‘tarildi xuddi, xuddi sovuq zabtiga olganda iliq havo xovur ko‘taradi. Sababi kichik bir qo‘zg‘olish bunga zamin yaratadi, xuddi “qimirlagan kabi zimdan ildizlar”.
4-o‘quvchi: shoir tongni shunday mohirlik bilan tasvirlaydiki, o‘quvchi bu she’rni o‘qir ekan yulduzlarni opichlagisi, oyni bag‘riga bosgisi, quyoshni turtib uyg‘otgisi keladi.
5-o‘quvchi: har tong etlarni junjiktiruvchi shamolning suyunchi so‘rovchi bolaga o‘xshatish holati esa nogohon o‘quvchi yuziga tabassum baxsh etadi.
6-o‘quvchi: aytish mumkinki, muallif tasvirlayotgan tong go‘zal hodisa. U yangi kunning boshlanishi bo‘lganidek, tunning yakuni ham. Xuddi inson umri kabi tabiatning noyob hodisasi bo‘lmish tongning ham tug‘ilish va o‘limini shoir ishonarli tasvirlab bergan. Bu esa bizni teran mushohada yuritishga undaydi.
-
Dostları ilə paylaş: |