Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 285,79 Kb.
səhifə27/57
tarix02.06.2023
ölçüsü285,79 Kb.
#123415
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
5 sinf tarix fanidan konspekt

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – akademiya, alloma, masjid, fan, pedagog, maktab;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Maktab – ilm o‘chog‘i
Maktab arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “o’qish joyi” degan ma’noni anglatadi. Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, Yevropada esa Gretsiya va Rimdavlatlarida paydo bo’lgan.
Pedagog – grekcha so’z bo’lib, “bola yetoklavchi kishi” degan ma’noni anglatadi.
Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro shahrida ochilgan.
Ma’mun akademiyasi: Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’mun 1004-yilda mamlakat poytaxtida “Dorul hikma va maorif” – ilm-fan markazi tashkil etgan. Keyinchalik olimlar uni “Ma’mun akademiyasi” deb ataganlar.
Bu ilm-fan markazida Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abulxayr ibn Hammor kabi o’sha davrning o’nlab buyuk allomalari faoliyat yuritganlar.
1017-yilga Xorazmshohlar davlati o’z mustaqilligini yo’qotgach akademiya faoliyat to’xtab qolgan. Afsuski akademiya atigi 14 yil faoliyat ko’rsatgan.
“Ilm – insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin”, - degan ibora akademiya allomalarining shiori bo’lgan.
1997-yilda O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risidagi farmoni e’lon qilindi. 2006-yilda yurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa

Yüklə 285,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin