Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Simfonik orkestr orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalganligi bilan barchaga ma’lum. Uning tarkibiga kiradigan cholg‘ular va ijro yo‘nalishlari asosan XVIII asrda shakllangan. Nemis bastakori — Lyudvig Van Betxoven, rus bastakori Pyotr Ilich Chaykovskiy, o‘zbek bastakori Mirsodiq Tojiyevlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namunalarini yaratib, simfoniya, konsert, poema, uvertura kabi janrlardagi asarlarni avlodlarga qoldirishdi. Bu orkestr uchun ko‘plab yangi bastakorlar ham namunali asarlar yaratib kelmoqda.
Simfonik orkestrda cholg‘ular 4 guruhga boMinadi va partiturada yuqoridan pastga quyidagicha joylanadi:
Yog‘och damli cholg‘ular;
mis damli cholg‘ular;
urma-zarbli cholg‘ular;
torli-kamonli cholg‘ular.
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi — orkestrning eng asosiy guruhi hisoblanadi. Bu guruhga I, II skripkalar, alt, violonchel, kontrabaslar kiradi va ular 5 ta nota qatorlarini egallab, partituralarning eng pastki qismidan joy olgan. Sanab o‘tilgan cholg‘ular asarning asosiy kuy yoMlarini ijro etish bilan birga yoMdosh ohanglar va usul-garmoniya ko‘rinishlarida jo‘r boMishlari ham mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Simfonik orkestr va uning tarkibiga kiruvchi cho!g‘u guruhlari haqida gapirib bering.
Simfonik orkestr uchun yoziladigan asarlar janrlarinibilasizmi?
Qaysi bastakorlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namunalarini yaratishgan?
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi qaysi cholg‘ulardan tashkil topgan? Ta’riflab bering.
Tinglangan asarlar haqida taassurotlaringiz qanday?
«Oltin kuz» qo‘shig‘ini o‘rganib olgan bo‘lsangiz, shu qo‘shiqning kuyini xirgoyi qilib bering.