MUSIQADA LAD VA TONALLIK TUSHUNCHASI Musiqiy tovushlar turlicha baland-pastlikka ega ekanligini bilib olgansiz. Lad deb tovushqator pog‘onalarining o‘zaro ma’lum bir munosabatiga aytiladi.
Musiqada xalq ladlari bilan bir qatorda «Major» va «Minor» deb ataluvchi ladlar keng ommalashgan. Ular turlicha xarakterga ega. Agar major ladi biroz kuchli, aniq va xush kayfiyatli bo‘lsa, minor ladi aksincha, mayin, yumshoq va mungli sado beradi. Lad musiqiy asar xarakterini belgilashda ham muhim omildir.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Xalq qo‘shiqlarini xor uchun moslashtirgan qaysi bastakorlarni bilasiz? Asarlarini sanab o‘ting.
Lad deb nimaga aytiladi?
Major va minorni bir-biridan qanday ajratish mumkin? Tuzilishi qanday bo‘ladi?
Tonallik deb nimaga aytiladi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.