Dunyoda puflab chalinadigan cholg‘ularning turi ko‘p. Simfonik orkestrga kiritilgan bunday cholg‘ular ikki turga — yog‘och va mis damli cholg‘ularga ajratiladi.
Yog‘och damli cholg‘ular guruhiga fleytalar, goboylar, klarnetlar va fagotlar kiradi. Bu guruh ijrosi uchun musiqa partituraning eng yuqoridagi nota yoMlariga yoziladi.
Mis damli cholg‘ular guruhiga valtornalar (ko‘pincha 4 ta), trubalar (2 ta), trombonlar (3 ta) va tuba (1 ta) kiradi.
NOTA CHO‘ZIMLARINI UZAYTIRUVCHI BELGILAR Ohanglar rang-barang chiqishi uchun bastakorlar quyidagi ayrim notalar cho‘zimini «nuqtalar» va «ligalar» (notalami ulovchi chiziqlar) yordamida uzaytiradi.
Nuqtalar (■) yordamida nota teng yarmiga uzayadi; yana-da tu- shunarli boMishi uchun sonlar bilan ko‘rsatish ham mumkin:
(4 chorak) — 0. (6 chorak) = 4+2=6 (2 chorak) — (3 chorak) = 2+ 1= 3 (1 chorak) — (3 nimchorak) = 1+0,5 = 1,5
L i g a yordamida esa nota cho‘zimini har qancha uzaytirsa bo‘ladi:
Yangi mavzuni mustahkamlash. Simfonik orkestr tarkibiga kiruvchi yog‘och va mis damli cholg‘ular guruhlarini ta’riflab bering.
Mirsodiq Tojiyevning 3-simfoniyasidan tiiiglangan parchada yog‘och va mis damli cholg‘ularning o‘rni qanday?
0‘rgangan qo‘chiqni sherik tanlab, birga kuylab bering. Shu qo‘shiq mualliflarini bilasizmi?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish