Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/7
tarix11.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#96229
1   2   3   4   5   6   7
Daryolarning geologik ishi-kurs

Daryoning geologik ishi

Daryolarning geologik ishi boshqa ba'zi bir ekzogen faktlar singari, odatda alohida olib quriladigan, lekin ko'pincha bir vaqtda mavjud bo'ladigan uch bosqichdan iboratdir. Bu bosqichlar emirish, oqizib keltirish va cho'ktirishdir. Tog’ jinslarining daryo suvlari bilan parchalanib ketishi yuvilish (eroziya) nomini olgan. Shunga muvofiq materiyaning oqizib kelishi va yotqizishi (cho'ktirilishi) akkumulyatsiya deb ataladi. Shuningdek daryolar akkumulyatsiyasi (oqib kelib cho'kkan) faoliyati va daryolarning yotqiziqlari allyuviy deyiladi.
Daryolarning Yuqori oqimida ko'proq jins emirilishi (eroziya) ro'y beradi, uning o'rta qismida o'yilish, oqizib keltirish va yotqizish birga bo'ladi, quyi oqimlarda esa oqizib kelish va cho'ktirish kuzatiladi. Daryo o'z suvlarini daryo vodiysini yon bag’irlaridan oqib keluvchi yog’inlardan oladi. Yil buyi yog’inlarning miqdori har xil bo'lganligidan daryodagi suv ham gox ozayib, gox ko'payib turadi.

Daryo vodiylarining shakllari ma'lum bir morfologik qonuniyat asosida shakllanadi. Birinchi bosqichda asosan ostki erroziya ro'y beradi. Bu asosan yosh tog’larda daryo vodiysining qiyaligi katta bo'lgan qismida uchraydi. Ikkichi bosqichda daryonning o'rta qismida ostki hamda yon erroziyasi ro'y beradi. Uchinchi bosqichda daryoning dengizga quyiladigan qismida asosan yon erroziyasi bo'ladi. Bu uch bosqich natijasida daryo vodiysi lotincha V,U, yashiksimon, tog’orasimon ko'rinishlarga ega bo'ladi.
Daryoning ma'lum bir joyida yuz berayotgan yuvilish, oqizib ketish va yotqizish daryodagi suvning miqdoriga qarab o'z kuchini ancha o'zgartirib turish mumkin. Daryoda suv miqdori bir xil yuvilsa, yuvib ketish suvning oqish tezligiga bog’liqdir. Suvning oqish tezligi ikki barobar ko'payganda, uning oqizib ketishi 4 marta, ya'ni 2 marta, oqish tezligi uch marta ko'payganda esa 7-9 marta ortganligi aniqlangan.

Suv oqimlari kattaligi juda ham har xil bo'lgan materialni oqizib keladi. Tog’ daryolari loy va qum bilan birga shag’al,mayda toshlarni,suv toshqini vaqtida esa ba'zan diametri 1m dan ortiq bo'lgan toshlarni qo'chirib olib ketadi.Suv tezligi kamaygan sari asta sekin yirik, keyin esa mayda materiallar cho'ka boshlaydi. Eng mayda loy tuproqli zarralari yoki loyqalar ba'zan daryoning ko'l yoki dengizga quyilishi joyiga olib boriladi. Hatto tekislik daryolari ham suv toshqini vaqtida juda katta oqizib ketish qobiliyatiga ega, bu vaqtda ular loyqa bilan bir qatorda ancha yirik qum donachalari ham bo'lgan juda loyqa suv oqib keladi. Katta daryolar asosiy oqimdan va irmoqlardan tashkil topadi: bular esa o'z navbatida kichiqroq soylar, jilg’alar va jarlarni qabul qiladigan shaxobchalarga ega. Oqimni qabul qiladigan suv xavzasining satxi esa “eroziya bazisi” deb ataladi. Agar daryo o'zining ustki va ostki qatlamlaridan kattaroq tog’ jinsi qatlamini uchratsa, u bo'linib qoladi, uning bir qismiqattiq jinsning chiqib turgan joyidan pastda, o'zining eroziya bazisini saqlab qoladi. Boshqa qismi esa qattiq jinsing chiqib turgan joyidan Yuqorida, yangi paydo bo'lgan bazisiga moslab o'z profilini tayerlaydi. Eroziya bazisini quruqlikda har xil ko'rinishida uchraydi. Buni O'rta Osiyo daryolarida yaqqol ko'rish mumkin.
Chunki O'rta Osiyoda yangi, xozirgi zamon tekislik harakatlari avj olgan bo'lib, har bir kichik daryoning eroziya bazisini va uning regrissiv harakatini yaqqol ko'rish mumkin. Masalan:Orol dengizi Sirdaryo bilan Amudaryo uchun eroziya bazisidir. Chirchiq esa Ugom, Pskom daryolari uchun eroziya bazisidir. Daryo vodiylarini ham bo'ylanma, ham ko'ndalang profilida ko'pincha zinapoyali erlar uchraydi. Bu zinapoyalar daryo terrasalari deb ataladi. Ular eroziya bazisini o'zgarishi natijasida vujudga keladi.
Terassalar ikki xil buylama va ko'ndalang bo'ladi. Bo'ylama terrasalar eroziya bazisidan uning Yuqori oqimga bir nechta bo'lib, ko'pincha gorizontal yoki sinklinal shaklida etuvchi, tsementlangan yaxlit qatlamga jinslar ustida hosil bo'ladi. SHarshara qum shag’al kabi bo'sh jinslar ustida hosil bo'lmaydi. Chunki daryo bunday jinslarni osongina yuvib ketadi. Ko'ndalang terrassalar daryo eroziya bazisining cho'kishi yoki ko'tarilishi natijasida daryoning har ikki qirg’og’ida hosil bo'ladi. Daryo uzani kengaygan sari suv oqimi sekinlashib Cho’kindilar ko'proq to'plana boshlaydi. Avval shag’al, qum va so'ngra loysimon jinslar cho'kadi. Daryo keltirgan Cho’kindini tekislikdami yoki balanddami, har qalay boshqa jinslardan ajratish mumkin.

Daryo terrasalari turli balandlikda joylashgan bo'lib, ular bir qancha (10-15) tagacha bo'lishi mumkin. Terrasalar tog’ orasida Z00-500 kv-m tog’ etaklarida esa 1000 kv km va undan ham kattaroq maydonni ishg’ol etadi, tekisliklardagi terrassalar bir necha un ming kv km maydonni ishgol qiladi. Bunday joylarda axoli yashaydigan qishloqlar, shaharlar barpo etiladi va keng paxtazorlar maydonga keladi.


  1. Yüklə 0,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin