Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim


Daryolar haqida ma`lumotlar



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə5/7
tarix11.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#96229
1   2   3   4   5   6   7
Daryolarning geologik ishi-kurs

Daryolar haqida ma`lumotlar
O`zan aniq ko`rinishga ega bo`lgan va doimiy suv oqimi kuzatila boshlanadigan joy daryo boshi deb yuritiladi. Agar daryo ikki soyning qo`shilidan hosil bo`lsa, daryo boshi sifatida ular qo`shilgan joy qabul qilinadi. Daryoning o`zunligi esa katta irmoq bilan qo`shib hisoblanadi.
Har qanday daryoni, uning o`zunligi bo`yicha, bir-biridan faqr qiladigan umumiy belgilariga qarab quyidagi uch qismga – yuqori oqim, o`rta oqim va quyi oqimlarga bo`lish mumkin.
Tog` daryolarining yo`qori oqimlari uchun nisbatan katta nishabliklar xos bo`lib, shu tufayli suvning oqish tezligi ham ancha katta bo`ladi. Bu esa o`z navbatida o`zanda eroziya jarayonining jadal borishiga olib keladi.
Daryoning o`rta oqimida uning nishabligi va suvning oqish tezligi kamayadi. Eng muhimi, daryoning suvliligi ortadi.
Daryoning quyi oqimida nishablik va suvning oqish tezlishi yanada kamayadi. Bu qismda tezlik kamayishi natijasida oqiziklar cho`ka boshlaydi. Aksariyat hollarda daryo uzunligi bo`yicha undagi suv miqdori kamaya boradi.
Daryo ko`lga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga qo`shiladigan joy uning quyilishi deyiladi. Ko`llarga, dengizlarga quyiladigan yirik daryolarning quyilish qismida ular tarmoqlanib, o`zanning murakkab shakllari-deltalar hosil qiladi. Bunga dengiz yoki ko`ldagi suvning to`lqinlanishi, ko`tarilishi, pasayishi sabab bo`ladi.
Qurg`oqchil xududlarda esa daryolar ba`zan quyilish qismiga yetib bormaydi. Bunda daryo suvining katta qismi bug`lanishga, o`zan tubiga shimilishga va asosan sug`orishga sarf bo`ladi. O`lkamizdagi ko`pgina daryolar (Murg`ob, Tajan, Zarafshon, Qashq adaryo) ni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Suvayrig`ichlar, daryo xavzasi va suv to`plash maydoni. Yer sirtiga yoqqan yog`inlardan hosil bo`lgan suvni ikki qarama-qarshi yunalishdagi yonbag`irlar bo`yicha taqsimlaydigan eng baland nuqtalar o`rni suvayirgich chizig`ini hosil qiladi.
Yer kurrasining quruqlik qismiga yoqqan yog`inlardan hosil bo`lgan yuza suvlarni jahon suvayirg`ich chizigi quyidagi ikki yo`nalishda taqsimlaydi:

  1. Tinch-Xind okeanlari yo`nalishida;

  2. Atlantika –Shimoliy Muz okeanlari yunalishida.

Jahon suvayirg`ich chizig`i Janubiy Amerikadagi Gorn burnidan boshlanib, And Kordilera tog`laridan Bering bo`g`oziga, undan Chukotka tizmalari, Anadir yassi tog`lari, Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy Osiyo tog`liklari, Tyanshan, Pomir, Kopettog`, Arabiston yarim orolining shimoliy qismi Afrikada esa meridian yunalishi bo`yicha o`tadi. Materikning janubiy qismiga yaqinlasha borganda Xind okeani qirg`oqlari tomon buriladi (Dunyo tabiiy xaritasiga qarang).
Jahon suvayirg`ich chizig`idan tashqari nisbatan kichik o`lchamlardagi quyidagi suvayirg`ichldari mavjud.
Ichki suvayirg`ichdar – materiklarga yoqqan yog`inlardan hosil bo`lgan suvni okeanga tutash (chekka xudud) va berk (ichki oqimli) havzalar bo`yicha taqsimlaydi. Orol-Kaspiy berk havzasini chegaralaydigan suvayirg`ich chizig`i ichki suvayirg`ichlarga misol bo`ladi;
Okean va dengiz suvayirg`ichlari-suvni okeanlar va dengizlar havzalari bo`yicha taqsimlaydi.
Tog`li xududlarda suvayirg`ichlar tog` cho`qqilarining eng baland nuqtalaridan o`tadi va u yaqqol ko`rinadi. Tekislik xududlarda esa, buning aksincha, suvayirg`ich chizig`ini o`tkazish ancha murakkabdir.
Yo`qorida aytib o`tilganidek, daryolar va yer usti va yer osti suvlari hisobiga to`yinadi. Shunga mos ravishda yer osti va yer usti suvayirg`ichlari bo`ladi. Ular ayrim hollarda bir-biri bilan mos kelmaydi, ya`ni bir tekislikda yotmaydi.
Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va suvayirg`ich chiziqlari bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi.
Daryo sistemasi suv yig`adigan maydon suv to`plash maydoni deyiladi.
Ko`pchilik hollarda daryo xavzasi va suv yig`ilish maydoni mos tushadi. Lekin, ayrim hollarda suv yig`ilish maydoni daryo havzasi maydonidan kichik bo`ladi. Masalan, Ob bilan Irtish daryolari orasidagi kichik daryochalar bosh daryoga yetib borolmaydi, natijada ular suv tuplaydigan maydon asosiy daryoga suv bermaydi. Xaritaga e`tibor bilan qaralsa, bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
Daryo havzasining tabiiy-geografik xususiyatlari. Yer yuzasidagi har bir daryo havzasi o`ziga xos bo`lgan alohida xususiyatlarga ega bo`ladi. Bu o`ziga xoslik ma`lum tabiiy-geografik omillar bilan aniqlanadi.
Daryo havzasining geografik o`rni. Bu xaqda gap ketganda, daryo havzasi joylashgan xududning eng chekka janubiy va shimoliy nuqtalari, eng chekka g`arbiy va sharqiy nuqtalari nazarda tutiladi. Shu ma`lumotlarga ega bo`lsak, daryo havzasining qaysi materikda, qaysi kenglikda, qaysi mamlakat xududida joylashganligi haqida dastlabki tasavvurga ega bo`lamiz.
Daryo havzasining iqlim sharoiti. Bu xususiyat, asosan havzaning geografik o`rniga bog`liq bo`lib, uzoq yillar uchun xos bo`lgan quyidagi omillar bilan aniqlanadi: yog`inlarning miqdori, yog`ish jadalligi yog`in miqdorining yil ichida taqsimlanishi, qor qoplamining qalinligi va uning suvliligi, havo harorati va namlik darajasi, shamol va uning tezligi, yo`nalishi. Daryo oqimining hosil bo`lish jarayoni, to`yinish manbalari va umuman uning gidrologik rejimi daryo havzasining iqlim sharoitiga bog`liqdir.
Daryo havzasida hosil bo`lgan suv miqdori unga yoqqan yog`in miqdori bilan aniqlansa, havzada yo`qotiladigan suv miqdori, ya`ni bug`lanish havo harorati, namlik va shamol bilan aniqlanadi. Ikkinchi tomonidan havo haroratining ko`tarilishi daryo havzasidagi qor qoplami va mo`zliklarning erishini, natijada daryoga yanada ko`proq suv qushilishini ta`minlaydi.
Daryo havzasining geologik tuzilishi. Havzaga yoqqan yog`inlardan hosil bo`lgan suvning yer bag`riga shimilish miqdori, yer osti suvlarining joylashish chuqurligi, daryo oqiziqlarining manbai hisoblangan tog` jinslarining yuvilish jadalligi va nihoyat daryo o`zanining hosil bo`lish jarayoni daryo havzasining geologik tuzilishi bilan bog`liqdir.
Daryo havzasining relyefi. Daryoda suvning oqish tezligi va shunga bog`liq holda uning energiyasini aniqlashga imkon beradigan daryo havzasi va o`zanning nishabligi, havzaga yog`adigan yog`inlarning balandlik bo`yicha taqsimlanishi relyef bilan bog`liqdir.
Daryo havzasining tuproq va o`simlik qoplami. Havzada hosil bo`lgan suvning shimilish jadalligi, daryoga tushadigan oqiziklar miqdori va ularning yiriklik darajasi daryo havzasining tuproq qoplami bilan bog`liqdir.
O`simlik qoplami esa havzadan bo`ladigan bug`lanish miqdoriga ta`sir qiladi. O`simlik turiga bog`liq tarzda ayrim hollarda (qamish bordon) bug`lanishni jadallashtirishi, ayrim xollarda (o`rmonlar) esa kamaytirishi mumkin. O`simlik qoplami daryo havzasida yer sirtidan bo`ladigan yuvilish miqdorini keskin kamaytiradi. Daryo havzasining gidrografiyasi. Daryo havzasida joylashgan ko`llar, botqoqliklar, muzliklar daryo oqimiga har tomonlama ta`sir ko`rsatadii. Bu ta`sirni o`rganish uchun havzaning botqoqlanganlik, ko`llanganlik va o`rmon bilan qoplanganlik koeffitsientlaridan foydalaniladi. Ifodalardagi. Ma`lumki daryo havzasida ko`llarning mavjudligi oqimni yil davomida bir tekis taqsimlanishiga ta`sir etadi. Botqoqliklar, o`rmonlar esa daryo oqimiga yanada kuchliroq va murakkabroq ta`sir ko`rsatadi.
Daryo havzasida inson tomonidan amalga oshiriladigan turli tadbirlar havzaning tabiiy-geografik sharoitiga va bu holat o`z navbatida uning gidrologik rejimiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Insonning xo`jalik faoliyati daryo havzasida ma`lum maydonlarni shudgorlash, o`rmonzorlar barpo etish yoki ularni yo`q qilish selxonalar va suv omborlarini qurish, suvning ma`lum qismini sug`orishga olish, oqova suvlarni daryoga tashlash kabilarni qamrab oladi.
Daryolarning shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Daryo sistemasining shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Bir daryo ikkinchisidan o`zunligi, irmoqlari soni, ularning Yer sirtida joylashish shakli va boshqa ko`pgina belgilari bilan farqlanadi. Mazkur farqlarini daryo sistemasining morfologik va morfometrik yani shakl va o`lcham ko`rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Daryo sistemasining asosiy shakl va o`lcham ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  • bosh daryo o`zunligi;

  • irmoqlar va ularning o`zunliklari;

  • daryoning egriligi;

  • daryo tarmoqlarining zichligi;

- daryo yoki daryo qismining nishabligi;
Bosh daryoning uzunligi uning boshlanishidan quyilish joyigacha bo`lgan masofa bilan aniqlanadi. Bosh daryoning o`zunligini xaritadan aniqlashda sirkul-o`lchagich yoki kurvimetrdan foydalanish mumkin. Buning uchun sirkul-o`lchagich yordamida xaritdan, tuzatma koeffitsienti e`tiborga olgan holda, aniqlangan uzunlik xarita masshtabiga ko`paytiriladi. Hisoblash aniqligi xarita masshtabiga bog`liq bo`lgani uchun yirik masshtabli xaritalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bosh daryoni xaritadan daryo sistemasining gidrografik sxemasiga qarab yoki gidromorfologik tahlil etish yo`li bilan aniqlash mumkin.
Irmoqlar uzunliklari ham bosh daryo uzunligi kabi aniqlanadi. Lekin bunda dastlab irmoqlarning tartiblarini belgilab olish zarur.
Daryo tarmoqlarining zichligi xavzaning iqlim sharoiti, relyefi, geologik tuzilishi kabi bir qancha tabiiy omillarga bog`liqdir.
Daryoning nishabligi uning turli qismlarida turlicha qiymatlarga ega bo`ladi. Masalan, O`zbekiston daryolari tog`li xududlarda katta nishablikka ega bo`lsa, tekislikka chiqqach ularning nishabligi keskin kamayadi. Nishablikni daryoning umumiy uzunligi yoki uning ma`lum bir qismi uchun aniqlash mumkin. Daryo nishabligi deb, uning o`rganilayotgan qismidagi balandliklar farqini shu qism uzunligiga bo`lgan nisbatga aytiladi. Nishablik o`lcham birligiga ega emas, lekin ayrim xollarda promillar (%o)da, ya`ni balandlikning daryoning har 1000 m uzunligiga to`gri keladigan o`rtacha pasayishi ko`rinishida ifodalanadi.
Daryo nishabligi, asosan, joyning relyefiga bog`liq bo`lib, uning energiyasi miqdorining ko`rsatkichidir. Tog` daryolarida nishablik katta bo`lgani uchun ular katta energiya manbalariga egadir.
Daryo havzasining shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Daryo havzalari bir-biridan shakllari, o`lchamlari va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Ana shu shakl va o`lchamlarni quyidagilar orqali ifodalash mumkin;

  • daryo havzasining maydoni;

  • daryo havzasining o`zunligi;

  • daryo havzasining kengligi;

  • daryo havzasining simmetriklik darajasi;

  • daryo havzasining o`rtacha balandligi;

  • daryo havzasining o`rtacha nishabligi.

Daryo havzasining maydonini aniqlash uchun dastlab u xaritada suvayirg`ich chiziqlari bilan chegaralab olinadi. So`ng, masshtab hisobga olingan holda, planimetr yoki o`lchov katakchalari (paletka) yordamida uning maydoni aniqlanadi. O`lcham birligi- km2.
Daryo havzasining uzunligi daryoning quyilish joyidan suvayirg`ich chizig`ida eng uzoqda joylashgan nuqtagacha bo`lgan masofani tutashtiradigan tugri chiziqning km da aniqlangan uzunligiga tengdir. Uni aniqlash uchun chizig`ichning «0» raqami daryoning quyilish nuqtasiga quyilib, ikkinchi tomoni suvayirg`ich ustida soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha aylantiriladi.
Havzaning eng katta kengligi daryo havzasining eng keng joyidan havza o`zunligini ifodalaydigan chiziqqa nisbatan o`tkazilgan perpendikulyarning o`zunligidan iboratdir. Demak, daryo havzasining eng katta kengligi xaritadan o`lchash natijasida aniqlanadi.
Daryo havzasining o`rtacha balandligi. Ma`lumki, joyning balandligi o`zgarishi bilan tabiiy omillar ham o`zgarib boradi. Bu o`zgarishlar daryolarning gidrologik rejimiga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Shuni hisobga olib, har bir daryo havzasining o`rtacha balandligi aniqlanadi. Daryo havzasining o`rtacha balandligi (Ho`rt) ni ikki usul bilan aniqlash mumkin.
а) hisoblash ifodasi yordamida;
b) daryo havzasining gipsografik egri chizig`i yordamida
Havzaning o`rtacha balandligini ikkinchi usul bilan aniqlash uchun havzaning gipsografik egri chizig`i (havza maydonining balandlikka mos ravishda ortishi) grafigi chiziladi. Grafikda havza maydonining 50% ga mos keladigan balandlik havzaning o`rtacha balandligini ifodalaydi.
Havzaning o`rtacha nishabligi gidrologiya va suv xujaligiga oid hisoblashlarda muhim ahamiyatga egadir. Yomg`irdan, qorning erishidan hosil bo`lgan suvning daryo o`zaniga quyilish tezligi, havzada tuproq va tog` jinslarining yuvilishi, ya`ni suv eroziyasi kabi jarayonlar havzaning nishabligi bilan bog`liqdir.
Daryo vodiysi va o`zani. Daryo vodiysi va uning elementlari. Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag`irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma`lumki, ikki daryo vodiysi o`zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin.

Ushbu tasnifda daryolarning to`yinish manbalariga bog`iq holda ajratilgan turlari ma`lum darajada shartlidir. Masalan, muzlik-qor suvlaridan to`yinadigan daryolarda muzlik suvlari hissasi bor-yo`g`i 10% atrofida bo`lishi ham mumkin. Umuman shuni yodda tutmoq kerakki, tog` daryolarining to`yinishi jihatidan qaysi turga mansubligi daryoning ma`lum bir kuzatish joyi (posti) ma`lumotlari asosida aniqlanadi. Shu narsa ham ma`lumki, tog` daryolarining to`yinish sharoitlari ularning quyi oqimi tomon o`zgarib boradi. Masalan, Norin daryosi Norin shahri yonida muzlik – qor suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga mansub bo`lsa, Farg`ona vodiysiga chiqish joyida (Uchqurg`on shahri yaqinida) u qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga kiradi.


Daryolarning to`yinish sharoitlari u yildan bu yilga ham o`zgarib turishi mumkin, bu esa ayrim yillarning ob-havo xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Misol qilib o`sha Norin daryosini olaylik. Farg`ona vodiysiga chiqaverish joyida bu daryo aslida qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryodir. Lekin, 1917 va 1934 yillarga oid ma`lumotlar asosida bajarilgan hisoblashlar bo`yicha u muzlik-qor suvlaridan to`yinadigan daryolar guruhiga kiradi.
Daryolarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun tavsiya etilgan mezonlar daryolarning tog`lardan chiqqanidan keyingi, ya`ni tekislik qismlari uchun to`g`ri kelmaydi. Buning sababini daryolar suv rejimining tekislikka chiqqach inson xo`jalik faoliyati ta`siri natijasida keskin o`zgarishi bilan tushuntirish mumkin.
Endi daryolarning V.L.SHults tasnifida keltirilgan turlarini ayrim-ayrim holda qisqacha ko`rib chiqaylik.
Birinchi turdagi daryolarning to`yinishida baland tog`lardagi asriy qor va muzliklarning erishidan hosil bo`lgan suvlar keng ishtirok etadi. Biroq, muzliklarga yaqin bo`lgan joylar e`tiorga olinmasa, bu turdagi daryolarning to`yinishida muzlik suvlarining miqdori qor suvlari miqdoriga nisbatan kam bo`ladi va yillik oqim hajmining 25-30%ini tashkil etadi. Bu xil daryolarda oqim miqdori yillar bo`yicha kam o`zgaradi va to`linsuv davri juda kech iyul-
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda Daryolarning geologik ishi boshqa ba'zi bir ekzogen faktlar singari, odatda alohida olib quriladigan, lekin ko'pincha bir vaqtda mavjud bo'ladigan uch bosqichdan iboratdir. Bu bosqichlar emirish, oqizib keltirish va cho'ktirishdir.
Daryo o'z suvlarini daryo vodiysini yon bag’irlaridan oqib keluvchi yog’inlardan oladi. Yil buyi yog’inlarning miqdori har xil bo'lganligidan daryodagi suv ham gox ozayib, gox ko'payib turadi.
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o’zaro ke­sishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin