Arralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda yog‘och ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. Arralar qo‘larra (dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p bo`lib ularning asosiy qismi polatdan tayyorlanadi
Arra tanasining uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi.
1Карабанов, И. А Справочник по трудовому обучению / И. А. Карабанов [и др.]. — М., 1992. — 239 с.