Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika


O`yinchilarning vazifalari



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə6/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
mustaqil ta\'lim

4.1. O`yinchilarning vazifalari Raqibga qarshi kurashayotgan jamoa harakatlaridagi uyushqoqlikka alohida futbolchilar o’rtasida vazifalami aniq taqsimlash bilan erishiladi. Hozirgi vaqtda o’yinchilami vazifalariga ko’ra taqsimlash ular tayyorgar-ligidagi universallikka asoslangan bo’ladi. Bu hamma ishni barcha birdek bajara oladi degan so’z emas, albatta. Ammo har bir
futbolchi o’yinning hamma texnik usullarini egallagan boMishi, hujumda
ham, himoyada ham bilib harakat qilishi kerak. 0 ’yindagi ayrim
vazifalami esa o’yinchi ayniqsa yaxshi ijro etadigan bo’lishi lozim.
Futbolchilar vazifalariga ko’ra darvozabonlarga, qanot
himoyachilari, markaziy himoyachilar, o’rta qator o’yinchilari, qanot
hujumchilari va markaziy hujumchilarga bo’linadi.
Har qaysi ixtisos o’yinchilariga bo’lgan talablar va ulaming asosiy
vazifalarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda darvozabonning o’yini turli-tuman va murakkabdir.
Darvozabonning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi, uning psixikasi
mustahkamligiga yuksak talab qo’yilayotganligi ham ana shundan.
Odatda, darvozabon - baland bo’yli (175 sm va undan orti?), a’lo
darajada jismoniy tayyorgarlik ko’rgan, reaksiyasi juda tez, start tezligi
yuqori o’yinchi bo’ladi. U dovyurak va jur’atli, sakrovchan, epchil va
hozirjavob, harakatlarini yaxshi muvofiqlashtira oladigan, yaxshi mo’ljal oladigan va rejalay biladigan bo’lishi; to’pning ehtimoliy uchish
yo’nalishi, tezligi va traektoriyasini darhol aniqtay olishi, himoya
jarayonini mohirona idora qilishi, ya’ni uning izchilligi va
uyushqoqligini ta’minlay bilishi kerak.
Darvozabon joyida turib, harakatlanib va sakrab o’ynashning barcha
texnik usullarini a’lo darajada bilishi zarur. Darvozabonning mahorat
darajasi ana shu usullaming nechoqlik to’g’ri, aniq va ishonchli
bajarilishiga bog’liq. Darvoza oldidagi o’yin bilan darvozadan chiqib
harakat qilishni muvaffaqiyatli qo’shib olib borish, o’z darvozasini
himoyalash va hujum uyushtirishda sheriklar bilan bahamjihat harakat
qilish ham darvozabonning yuksak mahoratini ko’rsatadi.

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin