Kirish............................................................................................................................3
I. Bob. Sotsiologik tadqiqotni rivojlantirish. sotsiologik tadqiqot dasturining tarkibi………………………………………………………………………..………5 1.1. Sotsiologik tadqiqot dasturi tushunchasi va tuzilishi ...........................................5
1.2Dastur tushunchasi, sotsiologik tadqiqotda uning o’rni va ahamiyati….……….9
II. BOB. Sotsiologik tadqiqot dastuini tuzishdagi asosiy qismlari va tadqiqot dasturining har bir tuzilmaviy elementlari………………………………………15 2.1.Tadqiqot dasturida muammoni asoslash xususiyatlari………………………….15
2.2 Tadqiqot dasturininng nazariy-metodologik qismi……………………….…….28
2.3 Tadqiqot dasturining metodik qismi ……………………………………..…….42
Xulosa........................................................................................................................53
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................54
“... Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor”.1
SHAVKAT MIRZIYOYЕV KIRISH Mazvzuning dolzarbligi: So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatni modernizatsiya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoatchilik fikri muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa turdagi ijtimoiy institutlar faoliyati huquqiy kafolatlar bilan ta’minlandi.
Amaliy sotsiologiyaning eng asosiy funksiyasi – bu jamoatchilik fikrini aniqlash va monitoring qilishdir. Jamoatchilik fikrining ustuvor jihati shundaki, u davlat va jamiyatdagi har qanday masala yuzasidan xolisona va shaffof munosabatni shakllantiradi. Bunday yondashuv demokratik tamoyillarni real hayotga tatbiq etishga turtki bo‘ladi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ma’lum qilganidek, “Jamoatchilik fikri fuqarolik jamiyati holatining barometri hisoblanadi”.
Sotsiologik tadqiqot strategiyasini yaratish va uni aniq maqsadga yo‘naltirishda sotsiologik tadqiqot dasturi asosiy konseptual va amaliy rolni bajaradi. Tadqiqot dasturi qanchalik sifatli ishlab chiqilsa, tadqiqot ham shunchalik maqsadli amalga oshiriladi. Shu sababli, mazkur ma’ruza sotsiologik tadqiqot dasturi kabi muhim sotsiologik hujjatni ishlab chiqish tartibiga bag‘ishlandi.