Particile Systems[tahrir | manbasini tahrirlash]
Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:
PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin;
Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini yaratadi;
Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega;
Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab parametrlarga ega ;
Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;
PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;
PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.
Reactor[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dasturda bajarilgan ish
3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi.[2] Uning oʻrniga MassFX moduli keldi.
Hair&Fur[tahrir | manbasini tahrirlash]
7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli oʻrnatildi.
Vizuallashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Modellashtirilayotgan narsa ishining soʻnggi bosqichi bu vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan soʻng obyektning barcha xossalari koʻrina boshlaydi va ish davomida oʻrnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon boʻladi. Ungacha esa barchasi juda oddi koʻrinishda koʻrsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik shakllar va turli xil effektlar koʻrinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi koʻrinishini hisoblash ishning qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. VMlarning koʻpchiligi dasturga qoʻshimcha oʻrnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.
Vizualizatsiya modullari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Scanline
3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg'or xususiyatlarga ega bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillar o'tib Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardan o'tgan (mas, RadioRay).
mental ray
Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds Maxning so'nggi versiyalariga o'rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator hisoblanadi
V-Ray
Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashxur. Tez-tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o'rniga ishlatiladi. Dasturning eski versiyalari bilan muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug'lik tizimi" o'rnatilgan. Yana ko'plab funksiyalarga ega.
RenderMan
Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo'l keladi.
FinalRender
Cebas kompaniyasining tashqi vizualizatori. Kuchli vizualizator hisoblanib, imkoniyatlari bilan faqat mental raydan keyin turadi.
Yana quyidagi VMlar mavjud (ular haqida to'liq shu yerda o'qing, rus tilida):
Braziliya R/S; Fryrender; Indigo Renderer; Maksvell Render; LuxRender; Kerkythea; Arion Render; BIGrender; Sunflow; Krakatoa
Video Post (Video Tahrirlash)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Video Post dasturiy moduli tasvirlarni uch oʻlchamli sahnalarda quyidagi grafik effektlarni qoʻllash uchun ishlatiladi:
bir nechta tasvirlarni bittaga birlashtirish orqali kompozitsiya yaratish;
suratlarni filtrlash va koʻplab effektlarni qoʻllash uchun;
turli xil oʻtish animatsiyalarini qoʻllash;
animatsiya ustida amallar.
Surat qayta ishlashdagi filtrlar turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Contrast filtri —suratning yorugʻligi va ranglar keskinligini nazorat qiladi.
Fade filtri — surat ranglarini boshqaradi.
Image Alfa filtri — suratning baʼzi alfa-kanal qismlarini niqob yordamida oʻzgartiradi.
Lens Effects filtrlar oilasi:
Flare (Shuʼla) — kamera obyektivi linzasida shuʼla hosil qiladi.
Focus (Yigʻish) — tasvirning fokusini yaratadi.
Glow (Charaqlash) — obyekt atrofi ustida ishlaydi.
Higlight (Yaltirash) — yulduz shaklidagi yaltiroq shuʼlalarni yaratadi.
Negatie filtri — surat rangini rangli negativga oʻtkazadi.
Pseudo Alfa filtri — alfa-kanal shaffofligini yaratadi.
Simple Wipe filtri — suratni sekin yoʻqolishi yoki paydo bolishi imkonini beradi.
Fayl:Selection of Standard Primitives in 3ds Max 9.png Dasturda bajarilgan ish
3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin maʼlum ishni bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini yaratish mumkin. Plaginlar tashqi oʻrnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin. Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan yaratiladi. 3ds Max dasturining qoʻshimcha modullari nihoyatda koʻp boʻlib, hatto dastur standart vositalaridan oʻn barobar oshib ketadi. Plaginlar koʻplab masalarni yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi, obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi qoʻshimcha modullar shu darajada mashxur boʻlib ketdiki, ularni 3ds Max dasturiga moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi. Quyida 3ds Maxning baʼzi plaginlari roʻyxati keltirilgan:
FumeFX — olovning, gulxan uchquning, tutunning va h.k.ning fotorealistik effekti.
Feniks FD — olov va tutunni hosil qilish uchun Chaos Groupdan FumeFXning muqobili.
DreamScape — turli xil landshaftlar, togʻlar, osmon, atmosfera effektlari va b.
AfterBurn — osmon, tutun, porlash va b.ning fotorealistik effektini beradi.
GrowFX .— istalgan turdagi oʻsimliklarni yaratadi. Yaratilgan har bir oʻsimlikni jonlantirish mumkin.[3] MAXScript[tahrir | manbasini tahrirlash]
MAXScript — 3ds Maxga oʻrnatilgan makrodasturlash tili boʻlib, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
*.ms turdagi fayllarda saqlanuvchi skriptlarni yaratish;
*.mcr turdagi fayllarda saqlanuvchi makroslarni yaratish;
shaxsiy modullarni yozish;
OLE mexanizmi shaʼfeligida Windows dasturlari bilan maʼlumot almashinish;
foydalanuvhi bajaradigan barcha harakatlarni avtomatik yozib olish.