O`zlashtirish va taqqoslash operatorlari Odatda oboyektlarga, o`zgaruvchilarga yoki o`zgarmaslarga qiymat o`zlashtirish uchun tenglik belgisi (=) ishlatiladi. Masalan, =Now() ifoda jadval maydoniga oldindan aniqlangan qiymatni o`zlashtiradi va bu holda tenglik belgisi o`zlashtirish operatori sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan = belgisi operandlarning tengligini aniqlovchi taqqoslash operatori hisoblanadi.
Taqqoslash operatori ikkita operandni solishtiradi va taqqoslash natijasiga mos ravishda mantiqiy qiymatlarni qaytaradi (True-Rost yoki False-Yolon). Taqqoslash operatorlarining asosiy vazifasi qiymatlarga shart qo`yish, so`rovlarda yozuvlarni tanlash mezonlarini o`rnatish, makroslarning ishlashini aniqlash va VBA da dasturlarning bajarilishini kuzatish kabilardan iborat.
Agar operandlardan biri Null (bo`sh qiymat) qiymatga ega bo`lsa, u holda ixtiyoriy taqqoslash Null (bo`sh qiymat) qiymat qaytaradi.
Mantiqiy operator
Mantiqiy operatorlar ikkita va undan ko`p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi:
And konoyunksiya (mantiqiy I-YOKI);
Or dizoyunksiya (mantiqiy ILI-VA);
Not mantiqiy inkor;
Xog ILI-VA ni rad etuvchi;
Eqv mantiqiy ekvivalentnlik;
Imp mantiqiy implikatsiya.
Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo`yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo`lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, `ar doim ikki operand ustida bajariladi.
Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori
SQL ning konkatenatsiya operatori bo`lmish ampersant (&) belgisi plyus (qo`shish) (+) belgisiga nisbatan ancha maqulroq hisoblanadi. Aslida ularning `ar ikkalasi xam bir xil natijaga olib keladi, yaoni ikkita matn kattaliklarni yagona belgilar qatori sifatida birlashtiradi. Qo`shish (+) belgisining ishlatilishi dudmol (ikki maonoli) bo`ladi, uning asosiy vazifasi ikkita sonli operandlarni qo`shishdan iboratdir. Misol: "Visual " & "Basic" qo`shish "Visual Basic" natijani beradi. Birinchi so`zdagi qo`shimcha probelga eotibor bering, usiz natija quyidagi ko`rinishda bo`lar edi: "VisualBasic".
Na`muna bilan taqqoslash operatorlari
Na`muna bilan taqqoslash operatorlari so`rovlarda yozuvlarni tanlash uchun ifodalar yozishni soddalashtiradi. Bu operator operatorning spesifikasiyasi tanlangan maydondagi qiymatlarga mos ravishda True yoki False natijalarni qaytaradi. Qiymatlarning shartlarida bu operatorlarning kelishi qaytarilayotgan mantiqiy ifodaning qiymati True bo`lsa yozuvni so`rovga kiritadi, agar False bo`lsa bekor qiladi.
"*" belgisi ixtiyoriy sonli belgilarni bildiradi, "?" shablon belgisi esa faqat bitta belgini bildiradi. Shuning uchun xam Like "Iv*" operatori "Ivanov", "Ivao`yenko", "Ivolgin" qiymatlari uchun rost qiymatini beradi. "dbl" yoki "dbl00" qiymatlar uchun Like "db??" operatori False natija beradi, ammo shu operator "dbl0" va "dbXX" lar uchun True natija beradi. "*" va "?" shablon belgilari shablon qatorning ixtiyoriy joyida turishi mumkin, masalan:
Like "*ms* . ?*" tanasida "ms" qism qator mavjid bo`lgan, undan so`ng (to`g`ridan to`g`ri yoki bir nechta belgidan so`ng) birinchisi nuqta (.) va kamida ikkita belgi qatnashadigan qiymatlar uchun True natijani qaytaradi;
Like "?1???*" besh belgidan kam bo`lmagan va ikkinchi belgisi "1" bo`lgan qiymatlar uchun True natija qaytaradi.
O`zgarmaslar
Accessda o`zgarmaslar mavjud: sonli, satriy va sana va vaqt o`zgarmaslari.
Sonli o`zgarmaslar deb raqamlar, zarurat bo`lganda sonning ishora belgilari (+) va (-), o`nli nuqta belgisi (.), sonlarning eksponensional ko`rinishdagi yozuvida tartib belgisi (YE) yoki (ye) lardan iborat ketma ketliklarga aytiladi. Musbat sonlar uchun (+) belgisini yozish shart emas.
Sonli o`zgarmaslarga misollar: 12345; -12.345; -6.76YE-23.
Satriy yoki matn o`zgarmaslar deb Chr$ (), Funksiyasi qaytaradigan ixtiyoriy belgilar va ularning kombinatsiyalariga aytiladi. Chr$ () Funksiyasi belgilarni Windows ishlatadigan ANSI kodlar jadvali kodirovkasida qaytaradi. Chop qilinadigan belgilardan tashqari (xarflar, raqamlar, punktuatsiya belgilari va klaviaturaning maxsus belgilari, masalan "@", "~" va boshqalar ) bu Funksiyaning natijasi boshqarish belgilari xam bo`lishi mumkin, masalan tabuliatsiya belgisi, tugmasini bosish natijasiga mos karetkani qaytarish va qatorni ko`chirish belgilari va boshqalar. Chop qilinadigan belgilar ikkita to`g`ri qo`shtirnoq ichiga olib yozilishi kerak. Ko`p hollarda, masalan jadval yacheykalariga yoki so`rov blanklariga satriy o`zgarmaslarni kiritishda qovuslarni Accessning o`zi qo`shadi, boshqa hollarda buni o`zimiz bajarishimiz shart.
Quyidagi ifoda murakkab satr o`zgarmasga misol bo`lishi mumkin:
Chr$(9) & "Otstup" & Chr${10)& Chr$(13)& "Yangi qator"
Bu yerda Chr$ (9) tabulyatsiya belgisi; Chr$ (10) - karetkani qaytarish belgisi; Chr$(13) - qatorni ko`chirish belgisi. Barcha qism qatorlar konkatenatsiya operatori yordamida birlashtirilgan.
Sana/Vaqt o`zgarmaslari Accessda # belgisi bilan ajratiladi. Barcha boshqa o`zgarmaslar bilan bo`lgan qatori, agar dastur so`rovlar blankiga sana va vaqtning Access standart formatida kiritilishini ajrata olsa, u holda bu belgilar avtomatik ravishda qo`shiladi.
Sana va vaqt o`zgarmasiga misollar: #26/04/75#, #22-Маг-74#, #10:35:30#.
Funksiyalar
Funksiyalar identifikatorlar kabi chaqirish nuqtasiga qiymatlarni qaytarish uchun ishlatiladi. Qaytariladigan funksiyaning qiymati uning turi bo`yicha aniqlanadi, masalan, NOW() funksiya kompyuter soatining sana va vaqtini qaytaradi. Sintaktik funksiyalar uning identifikatoridan keyin keluvchi qavslar bilan ajratiladi. Ko`p funksiyalar argumentlar bo`lishini talab qiladi. Ular funksiyaga murojat paytida bu qavslar ichiga bir biridan vergullar bilan ajratilib yoziladi. Funksiyalar yangi ifodalar va funksiyalarni xosil qilishda ishlatilishi mumkin.