Suzib chiquvchi menyu
Sichqonchaning o’ng tugmasini shiqillatish natijasida suzib chiquvchi menyu ochiladi. Joriy ish borishi va kursorning holatidan kelib chiqqan holda bu menyu har hil ko’rinishga ega va dastur funksiyalariga bo’lgan murojaatlarni tezlashtiradi. PageMaker dasturida sichqonchaning o’ng tugmasini bosish natijasida sahifani mashtabini tasvirlash Fit in Window (Целая страница)dan 100% Size (Реальный размер) ga o’tish va aksincha amalga oshiriladi.
Tugmalar kombinatsiyasi
Sichqoncha bilan ishlagandan ko’ra klaviatura bilan ishlash ancha samaralidir. Shuning uchun ham PageMaker dasturida klaviatura bilan ishlash ish tezligini oshiradi va vaqtni iqtisod qiladi. Agar siz PageMaker dasturida tez ishlashni hohlasangiz buning uchun tugmalar kombinatsiyalarini esda tutmoq darkor. PageMaker dasturida 250 tadan ortiq tugmalar kombinatsiyasi va maxsus buyruqlar mavjud. Masalan, kolonraqamlarni, qo’l keringini qo’yib chiqish va boshqalar.
PageMaker 7.0 dasturining barcha klaviatura buyruqlarining ro’yhati Help (Помощь) menyusida joylashgan Shortcuts (Комбинации клавиш) bo’limidan tanishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |