Dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 252,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.02.2023
ölçüsü252,11 Kb.
#84142
1   2   3   4   5   6
boshlangich-sinf-oquvchilarini-pirls-xalqaro-baholash-dasturi-tizimiga-tayyorlash-jarayonini-takomillashtirish-masalalari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 446 www.ares.uz 
Jamiyatda, o„qituvchilar, ota-onalar va o„quvchilar orasida o„qish savodxonligi 
bilan shug„ullanishning qadr-qimmatini tan olinishi, maktabda va oilalarda o„qishga 
bo„lgan yuqori motivatsiya, maktabgacha tayyorgarlikning yaxshi darajasi, ota-
onalarning o„qishni o„rganishga tayyorgarlik ko„rishdagi ishtiroki, umumiy 
boshlang„ich ta‟limning Federal davlat asosiy standartlarida (ФГОС НОО) belgilab 
qo„yilgan ta‟lim jarayonidagi prinsipial o„zgarishlar: “badiiy o„qish” va 
metapredmet natijalari bo„yicha umumiy ta‟limni tashkil etish va natijalarga 
erishish,boshlang„ich ta‟limning sifatli dasturlari, darsliklar, o„qishni o„rgatishning 
chuqur o„ylangan metodikasi, o„qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o„quvchilar 
bilan muvaffaqiyatli ishlash kabi omillar PIRLSda boshlang„ich sinf 
o„quvchilarining yuksak yutuqlarga erishishlariga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar sifatida 
o‟rganilgan . 
 
PIRLSda rossiyalik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yuksak yutuqlarga 
erishishdagi o‘sish nuqtalari

Har bir sinfda ta‟limni differensiyalashga kuchli e‟tibor berilishi zarur, bu borada 
aksariyat birinchi sinf o„quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur 
bo„lgan ko„nikmalarga ega bo„lmagan maktablarga alohida e‟tibor berilishi lozim. 
Yana ikkita muammolarni yodda tutish kerak: 
1) Eng kuchli o„quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko„maklashish. 2) 
O„g„il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan 
ko„ra yomonroq degan fikrlarni ko‟rib chiqib aynan mana shu vazifalarni
boshlang„ich sinf o„quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o„sish 
nuqtalari deb belgilangan . [3] 
Boshlang‟ich ta‟lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta‟lim 
jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta‟minlash zarur: yaxlit, yaxlit 
bo„lmagan, murakkab (ko„plik), turli xil matnlarni o„qish uchun turli strategiyalarni
ishlab chiqish, tushunib o„qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan 
foydalanish (qog„oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo‟yilgan.

Yüklə 252,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin