Ishni bajarishga namuna Masalaning qo‘yilishi – tabalarning ism, familiyalarini optimallashtirilgan pufaksimon usuli bilan tartibga keltirish dasturini tuzamiz va saralash nechta o‘rin almashtirish bilan amalga oshirilganini aniqlaymiz.
Algoritm Jadvalga talabalar ism-sharifini kiritamiz.
Nazorat savollari Qanday saralash algoritmlarini bilasiz?
Saralash algoritmlari samaradorligini qanday baholash mumkin?
Pufaksimon saralash algoritmi va uni yahshilangan usulini tushuntiring.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish, tanlash algoritmlarini farqini tushuntiring.
Shella saralash algoritmini tushuntiring.
Quicksort algoritmini tushuntiring.
Topshiriq
Mashina egalarining ismlari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtirilsin va mos ravishda ularning mashinalari haqidagi ma’lumotlar chiqarilsin.
Avtomobillarni ta’mirlash tartibi ishlab chiqilsin. Bu yerda ta’mir tugashi sanasi qaysi avtomobil uchun ertaroq bo‘lsa, shunga birinchi navbatda xizmat ko‘rsatiladi.
Oldingi ta’mir qilinganlar soni 2 ga teng bo‘lgan mashinalar raqamlari bo‘yicha kamayish tartibida joylashtirilsin.
Oldin ta’mir qilinmagan mashinalarni ta’mirdan chiqish sanasi bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiring.
"Mersedes" markali mashina egalarini alifbo bo‘yicha teskari tartibda joylashtiring.
Boshqalaridan oldinroq ta’mirlanadigan mashinalarni ularning markasi bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiring (ta’mir tugatilishi sanasi 31.12.2012 dan erta).
"Nexia" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiring.
O‘tgan yildan beri ta’mirlanmagan mashinalarni ularning egalari ismlari bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiring.
Keyingi oyda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan mashinalarni oxirgi marta ta’mirlanganlik sanasi bo‘yicha o‘sish tartibida keltiring.
"Mersedes" markasidagi mashinalarni raqamlari bo‘yicha kamayish tartibida joylashtiring.