Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə101/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Ko’rsatkichli tur – bu tur o’zgaruvchilari ma’lumotlarni ko’rsatkichlari yoki manzillari (adres) to’plamini namoyon qiladi, ya’ni ko’rsatkichlar ma’lumotlarni emas balki bu ma’lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o’z ichiga oladi.
Vektor – bu eng sodda statik va chiziqli tartiblangan tuzilma bo’lib, uning elementlari bir turga tegishli hamda operativ xotirada ketma-ket kelgan yacheykalarda joylashadi.
Massiv - elementlari bir turga tegishli, ketma-ket joylashgan va umumiy nomga ega bo’lgan tuzilmadir.
Yozuv – maydon deb ataluvchi chekli sondagi ma’lumotlar tuzilmasidir. Turli maydon o’zgaruvchilari turli turga tegishli bo’lishi mumkin.
Jadval - bu yozuvning chekli majmuasidir.
Kalit – bu yozuv identifikatori. Ushbu identifikatorni saqlash uchun maxsus maydon ajratiladi.
Qo’shma kalitbu shunday kalitki, u ikkidan ortiq maydonni o’z ichiga oladi. Ro’yxat – bu bir turga tegishli bo’lgan elementlar ketma-ketligidir.
Ro’yxat uzunligi – bu ro’yxatni tashkil etuvchi elementlari soni. Umumiy holda ro’yxat elementlari soni chegaralanmagan va dastur bajarilishi mobaynida o’zgarib turishi mumkin mumkin.
OXKT- bu ommaviy xizmat ko’rsatish turlari bo’lib, ularga stek, navbat va deklar kiradi. Umuman olganda, ular tizimga kelib tushayotgan talablarga xizmat ko’rsatish tartibini aniqlab beradi.
Navbat (FIFO - First input-First outpu) – bunda tizimga kelib tushgan birinchi talabga birinchi bo’lib xizmat ko’rsatiladi va tizimdan chiqariladi.
Stek (LIFO - Last input - First output) - bunda tizimga kelib tushgan oxirgi talabga birinchi bo’lib xizmat ko’rsatiladi va tizimdan chiqariladi.
Dek (DEQ - Double Ended Queue) – bu ikki chetga ega bo’lgan navbatdir. Talabga xizmat ko’rsatish tizimning har ikkala tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bog’langan ro’yxat – bunda ro’yxatni tashkil etuvchi elementlar orasidagi bog’liqlik ko’rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin