Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə96/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Ishni bajarishga namuna
Masalaning qo‘yilishi – tabalarning ism, familiyalarini optimallashtirilgan pufaksimon usuli bilan tartibga keltirish dasturini tuzamiz va saralash nechta o‘rin almashtirish bilan amalga oshirilganini aniqlaymiz.
Algoritm

  1. Jadvalga talabalar ism-sharifini kiritamiz.

  2. Jadvaldagi 1-elementni olamiz, i=0.

  3. Jadvaldagi n-1 oxirgi elementdan to i-elementgacha barcha elementni FIO maydonini o‘zidan oldin turgan element FIO maydoni bilan solishtiramiz. Agar zarur bo‘lsa, o‘rin almashtiramiz va o‘rin almashtirishlar hisoblagichi l ning qiymatini bittaga oshiramiz, ya’ni l++.

  4. Agar i bo‘lsa, i++ va 3-qadamga o‘tamiz.

  5. Natijaviy saralangan massivni ekranga chiqaramiz.



Nazorat savollari

  1. Qanday saralash algoritmlarini bilasiz?

  2. Saralash algoritmlari samaradorligini qanday baholash mumkin?

  3. Pufaksimon saralash algoritmi va uni yahshilangan usulini tushuntiring.

  4. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish, tanlash algoritmlarini farqini tushuntiring.

  5. Shella saralash algoritmini tushuntiring.

  6. Quicksort algoritmini tushuntiring.

Topshiriq


1. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
2. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing.
3. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday
V massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari kamayish tartibida saralangan bo‘lsin.
4. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni A massivga shunday qo‘shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
5. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish tartibida joylashgan massiv ko‘rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
6. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha manfiy sonlarni chiqarib, musbatlarini o‘sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
7. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o‘sish tartibida shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
8. Mualliflar ro‘yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo tartibida shakllantirish va shakllangan ro‘yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
9. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro‘yhat hosil qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari o‘sish tartibida joylashadi).
10. A massivni uzunliklari har xil bo‘lgan n ta so‘z tashkil qiladi. So‘zlarni uzunliklari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin