Ishni bajarishga namuna Masalaning qo‘yilishi – tabalarning ism, familiyalarini optimallashtirilgan pufaksimon usuli bilan tartibga keltirish dasturini tuzamiz va saralash nechta o‘rin almashtirish bilan amalga oshirilganini aniqlaymiz.
Algoritm Jadvalga talabalar ism-sharifini kiritamiz.
Jadvaldagi 1-elementni olamiz, i=0.
Jadvaldagi n-1oxirgi elementdan to i-elementgacha barcha elementni FIO maydonini o‘zidan oldin turgan element FIO maydoni bilan solishtiramiz. Agar zarur bo‘lsa, o‘rin almashtiramiz va o‘rin almashtirishlar hisoblagichi l ning qiymatini bittaga oshiramiz, ya’ni l++.
Agar i bo‘lsa, i++ va 3-qadamga o‘tamiz.
Natijaviy saralangan massivni ekranga chiqaramiz.
Nazorat savollari Qanday saralash algoritmlarini bilasiz?
Saralash algoritmlari samaradorligini qanday baholash mumkin?
Pufaksimon saralash algoritmi va uni yahshilangan usulini tushuntiring.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish, tanlash algoritmlarini farqini tushuntiring.
Shella saralash algoritmini tushuntiring.
Quicksort algoritmini tushuntiring.
Topshiriq
1. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
2. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing.
3. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday
V massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari kamayish tartibida saralangan bo‘lsin.
4. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni A massivga shunday qo‘shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
5. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish tartibida joylashgan massiv ko‘rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
6. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha manfiy sonlarni chiqarib, musbatlarini o‘sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
7. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o‘sish tartibida shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
8. Mualliflar ro‘yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo tartibida shakllantirish va shakllangan ro‘yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
9. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro‘yhat hosil qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari o‘sish tartibida joylashadi).
10. A massivni uzunliklari har xil bo‘lgan n ta so‘z tashkil qiladi. So‘zlarni uzunliklari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.