12-laboratoriya ishi. Abstrak va rekursiv ma’lumot tiplari bilan ishlash. Ishdan maqsad: Qo‘yilgan masala: Talabalar topshiriq variantiga mos saralash usuli yordamida masalani yechish dasturini yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqnitp algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Ishni bajarishga namuna Masalaning qo‘yilishi – tabalarning ism, familiyalarini optimallashtirilgan pufaksimon usuli bilan tartibga keltirish dasturini tuzamiz va saralash nechta o‘rin almashtirish bilan amalga oshirilganini aniqlaymiz.
Algoritm Jadvalga talabalar ism-sharifini kiritamiz.
Jadvaldagi 1-elementni olamiz, i=0.
Jadvaldagi n-1 oxirgi elementdan to i-elementgacha barcha elementni FIO maydonini o‘zidan oldin turgan element FIO maydoni bilan solishtiramiz. Agar zarur bo‘lsa, o‘rin almashtiramiz va o‘rin almashtirishlar hisoblagichi l ning qiymatini bittaga oshiramiz, ya’ni l++.
Agar i bo‘lsa, i++ va 3-qadamga o‘tamiz.
Natijaviy saralangan massivni ekranga chiqaramiz.
Nazorat savollari Qanday saralash algoritmlarini bilasiz?
Saralash algoritmlari samaradorligini qanday baholash mumkin?
Pufaksimon saralash algoritmi va uni yahshilangan usulini tushuntiring.
To’g’ridan-to’g’ri qo’shish, tanlash algoritmlarini farqini tushuntiring.