19
1.3.3. Massivlar
Massiv bu bir toifaga mansub elementlar to„plami bo„lib, uning 2 xil
ko„rinishi mavjud: 1 o„lchovli va 2 o„lchovli massivlar. 1 o„lchovli massivda har
bir element 1 ta indeksga, 2 o„lchovli massiv (matritsa) da esa elementlar 2 ta
indeksga ega bo„ladi. 1 o„lchovli massivda elementlarning indeksi ularning turgan
o„rni, ya‟ni tartib raqami bilan belgilanadi. 2 o„lchovli massivlarda esa
elementlarning 1-indeksi uning joylashgan satri va 2-indeksi esa u joylashgan
ustun tartib raqami bilan belgilanadi. Har ikkala holatda ham massiv elementlari
indekslari 0 dan boshlanadi. C++ dasturlash muhitida massivlarni e‟lon qilish
uchun ularning oldiga toifasi ko„rsatilib, massivga nom va [] kvadrat qavs ichida
massiv uzunligi, ya‟ni elementlar soni ko„rsatiladi, ya‟ni masalan: int a[10]; char
b[10][20];
1 o„lchovli massiv - a[0],a[1],…,a[n]
2 o„lchovli massiv - a[0][0],a[0][1],…,a[0][m]
a[1][0],a[1][1],…,a[1][m]
…
a[n][0],a[n][1],…,a[n][m]
Ikki o„lchamli massiv elementiga murojaatni amalga oshirish uchun uning
indeksi qiymatlari zarur bo„ladi. Fizik bosqichda ikki o„lchamli massiv ham xuddi
bir o„lchamli massiv kabi ko„rinishga ega bo„ladi hamda translyatorlar massivni
qator yoki ustun ko„rinishida ifodalaydi.
#include
using namespace std;
int main()
{
int a[2][3],s=0;
for(int i=0;i<2;i++)
for(int j=0;j<3;j++){
cin>>a[i][j];
20
s+=a[i][j];
}
cout<
system("pause");
}
Agar massiv toifasi char bo„lsa, u holda massiv satr hisoblanadi, ya‟ni
simvollar ketma-ketligi. Satr belgilariga murojaat xuddi massivdagi kabi indeks
bilan amalga oshiriladi. Masalan:
char str[10];
str[0]=’q’;
Satrlar ustida turli amallarni bajarishga mo„ljallangan bir qancha funksiyalar
mavjud. Satr uzunligini aniqlash
strlen()
bilan amalga oshiriladi. Satrlarga oid
misol ko„ramiz. Berilgan satrdagi unli harflarni ajratib ko„rsating.
#include
using namespace std;
int main(){
char str[20];
cin>>str;
int l=strlen(str);
for(int i=0;i
if(str[i]=='a'||str[i]=='o'||str[i]=='i'||str[i]=='e'||str[i]=='u'||
str[i]=='y')
cout<
system("pause");
}
Natija:
dastur
au
Dostları ilə paylaş: |