“Dasturiy injiniring” fakulteti “MA‟lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”


key kalitga mos elementni izlash chegaralarini aniqlab olamiz. Dastlab u  [0,n]



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/56
tarix08.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#142109
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
dokumen.tips aoemaalumotlar-tuzilmasi-va-ekvivalentlik-implikatsiya-chiqarib-tashlash-va

key
kalitga mos elementni izlash chegaralarini aniqlab olamiz. Dastlab u 
[0,n]
oralig„ida, ya‟ni 
low=0,hi=n

4.
Agar 
low<=hi
bo„lsa, oraliq o„rtasini hisoblaymiz. 
mid=(low+hi)/2
5.
Agar 
mid 
o„rnida turgan talaba adresi TTJ bo„lsa, element topildi
search=mid
va 7-qadamga o„tiladi, aks holda keyingi qadamga o„tiladi. 
6.
Agar “TTJ” so„zi alifbo bo„yicha 
mid
o„rnida turgan talaba adresi 
qiymatidan kichik bo„lsa, izlash quyi chegarasi o„zgaradi, ya‟ni 
mid
o„rnida turgan 
elementdan bitta oldingi elementgacha olinadi, ya‟ni 
hi=mid-1.
Aks holda, yuqori 
chegara o„zgaradi – 
mid
dan keyingi elementdan to oxirgi elementlar oralig„i 
olinadi, ya‟ni 
low=mid+1
. 4-qadamga o„tiladi. 
7.
Agar topilgan elementdan oldin turgan elementning (
mid-1
) ham adres 
maydoni TTJ bo„lsa, 
search--,
ya‟ni bitta oldingi elementga o„tamiz va shu 
qadamni boshidan bajaramiz. Aks holda keyingi qadamga o„tiladi. 
8.
Joriy (
search
ko„rsatayotgan) elementdan boshlab adresi “TTJ” ga teng 
bo„lgan talaba ma‟lumotlarini ekranga chiqaramiz. Agar adresi “TTJ” dan farq 
qiladigan talaba chiqib qolsa, algoritm tugallanadi. 
Dastur kodi 
#include  
using namespace std; 
int main(){ 
int n;cout<<"n=";cin>>n; 


105 
struct Guruh{ 
string fio,adres; 
}talaba[n]; 
for(int i=0;i
cout<>talaba[i].fio; 
cout<<"adres=";cin>>talaba[i].adres; 

//jadval binar qidiruv olib boriladigan maydoni bo‘yicha tartiblangan
//bo‘lishi kerak 
for(int i=0;i
for(int j=i+1;j
if(talaba[i].adres>talaba[j].adres){ 
Guruh h=talaba[i]; 
talaba[i]=talaba[j]; 
talaba[j]=h; 

for(int i=0;i
cout<
cout<
int low = 0,hi = n-1,search=-1,q=0; 
string key="TTJ"; 
while(low<=hi){ 
int mid = (low + hi) / 2; 
q++; 
if (key == talaba[mid].adres){ 
search = mid; 
break; 

if (key < talaba[mid].adres)
hi = mid - 1; 


106 
else low = mid + 1; 

if(search!=-1) cout<<"qidirilayotgan el "<
turibdi va "<
else {cout<
system("PAUSE"); 
return EXIT_SUCCESS; 

while(talaba[search-1].adres==key) search--; 
while(talaba[search].adres==key) { 
cout<
"<
search++; } 
system("pause"); 

Dastur natijasi:
n=5 
1-talabaning fio=fam1 
adres=Toshkent 
2-talabaning fio=fam2 
adres=TTJ 
3-talabaning fio=fam3 
adres=ijarada 
4-talabaning fio=fam4 
adres=uchastkada 
5-talabaning fio=fam5 
adres=TTJ 
fam2 TTJ 
fam5 TTJ 
fam1 Toshkent 


107 
fam3 ijarada 
fam4 uchastkada 
qidirilayotgan el 1-orinda turubdi va 2 ta solishtirishda topildi 
fam2 TTJ 
fam5 TTJ 
Nazorat savollari 
1.
Qanday qidiruv algoritmlarini bilasiz?
2.
Qidiruv jarayonining tezligi nimalarga bog‟liq? 
3.
Statik tuzilmadan birorta elementni izlashning qanday usullari mavjud? 
4.
Ro‟yhat tuzilmasidan elementlarni izlab topish tezligini oshirish uchun 
qanday algoritmlar mavjud? 
5.
Binar qidiruvni ro‟yhat tuzilmasiga qo‟llab bo‟ladimi? Sababini asoslang. 
Topshiriq 
Variantlar: 
1.
Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro„yhat eng kichik elementini 
toping.
2.
Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro„yhatda berilgan kalitdan katta 
elementlarni toping.
3.
Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, ro„yhat eng kichik elementini 
toping.
4.
Ketma-ket va binar qidiruv usulidan foydalanib, A massivdan elementni 
va taqqoslashlar sonini toping.
5.
Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping.
6.
Mashina raqamlari ro„yhati berilgan: 345, 368, 876, 945, 564, 387, 230. 
Binar qidiruvdan foydalanib berilgan raqamli mashina qaysi joyda turganini 
toping.
7.
Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib ro„yhatda har ikkinchi elementni 
qidiring va taqqoslashlar sonini aniqlang.
8.
Binar qidiruvdan foydalanib massivdan berilgan kalitga karrali kalitli 
elementni va solishtirishlar sonini toping. 


108 
9.
Boshiga qo„yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng katta 
elementi topilsin. 
10.
Boshiga qo„yish usulidan foydalanib ro„yhatda 11 ga butun bo„linuvchi 
eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko„p bo„lsa, u holda ularning eng 
kattasini toping; agar bunday son mavjud bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot 
chiqaring). 
11.
Transpozitsiya usulidan foydalanib ro„yhatda 11 ga butun bo„linuvchi 
eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko„p bo„lsa, u holda ularning eng 
kichigini toping; agar bunday son mavjud bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot 
chiqaring). 
12.
Boshiga qo„yish usulidan foydalanib ro„yhatda qo„shni elementlari 
ayrimasi 72 dan kichik bo„lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko„p 
bo„lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday element mavjud 
bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
13.
Transpozitsiya usulidan foydalanib ro„yhatda qo„shni elementlari 
bo„linmasi juft son bo„lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko„p bo„lsa, 
u holda ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element 
mavjud bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
14.
Boshiga qo„yish usulidan foydalanib ro„yhatda qo„shni elementlar 
ayrimasi juft bo„lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko„p bo„lsa, u 
holda ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud 
bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
15.
Transpozitsiya usulidan foydalanib ro„yhatda kerakli elementgacha 
bo„lgan elementlarning o„rta arifmetigi 12 ga teng bo„lgan element topilsin. Agar 
bunday element mavjud bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
16.
Boshiga qo„yish usulidan foydalanib ro„yhatda 10 ga bo„linuvchi 
maksimal elementni toping. Agar bunday element mavjud bo„lmasa – shunga mos 
ma‟lumot chiqaring.
17.
Boshiga qo„yish va transpozitsiya usulidan foydalanib massiv eng kichik 
elementi topilsin. 


109 
18.
Transpozitsiya usulidan foydalanib ro„yhatda qo„shni elementlari 
ayirmasi juft va 3 ga bo„linadigan elementni toping. Agar bunday element mavjud 
bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
19.
Boshiga qo„yish usulidan foydalanib ro„yhatda kerakli elementdan 
keyingi elementlarning o„rtacha kvadratik qiymati 10 dan kichik bo„lgan elementni 
toping. Agar bunday elementlar ko„p bo„lsa, u holda ularning eng kattasini toping; 
agar bunday element mavjud bo„lmasa – shunga mos ma‟lumot chiqaring. 
20.
Transpozitsiya usulidan foydalanib har bir x element uchun tg(x) 
qiymatini aniqlang va eng katta qiymatga ega bo„lgan elementni 1-o„ringa qo„ying. 
21.
Berilgan ro„yhatda qidirilayotgan element transpozitsiya usuli bilan 
qancha murojaatda ro„yhat boshiga kelishini aniqlash dasturini tuzing.
22.
Massivdan boshiga qo„yish usuli yordamida key kalitli elementni izlash 
dasturini tuzing. 
23.
Binar qidiruv usuli yordamida massivga yangi elementni kiriting. 
24.
Binar qidiruv usuli yordamida massivning key kalitli elementini 
o„chiring. 
25.
Ro„yhatda transpozitsiya usuli yordamida toq elementlarni topish 
dasturini tuzing. 
26.
Berilgan massivda key kalitli elementni ketma-ket va binar qidiruv 
usullari yordamida izlang va qaysi usul ushbu qidiruv holatida samara berganligini 
aniqlash dasturini keltiring. 
27.
Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan ketma-ket qidiruv 
usuli bilan balli maksimal bo„lgan talabani toping. 
28.
Talabalar ismi va umumiy ballaridan iborat jadvaldan binar qidiruv usuli 
yordamida so„ralgan talabaning umumiy balini chiqarish dasturini tuzing. 
29.
Boshiga qo„yish usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat massiv 
elementlariga ko„p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang. 
30.
Transpozisiya usuli yordamida talabalar ismlaridan iborat ro„yhat
elementlariga ko„p marta murojaat qilib massivni qayta tartiblang. 


110 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin