SHAXSIY KABINET YARATISH VA DASTLABKI SOZLASH.
Moodle tizimidan foydalanish uchun dastlab mazkur LMS tizimida yaratilgan ilovaga a’zo bo`lish talab etiladi. Moodle tizimida ro`yxatga olish jarayoni barcha versiyalarida deyarli bir xil kechadi. Mazkur qo`llanmada Moodle LMS tizimi bo`yicha ko`rsatilgan misollarning barchasi 2.9 versiyasida amalga oshirilgan.
Dastlab moodle.andmiedu.uz URL manzili orqali Andijon mashinasozlik institutining masofaviy ta’lim tizimiga kirish mumkin.
rasm. Shaxsiy kabinetga kirish.
Ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar mazkur blok yordamida o`ziga biriktirtilgna login va parol asosida tizimga kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Avval ro`yxatdan o`tgan, ammo tizimga kirish uchun tanlagan logini yoki paroli yodidan ko`tarilgan har qanday foydalanuvchilar esa Забыли пароль? havolasi orqali o`z logini yoki parolini qayta tiklashlari mumkin. Login yoki parolni tiklash uchun foydalanuvchidan ro`yxatga olish jarayonida kiritgan e-mail manzilini kiritish talab etiladi. Agar ro`yxatdan o`tish jarayonida noma’lum e-mail manzilidan foydalnilgan bo`lsa, foydalanuvchi logini va yangi berilgan paroli mavhumligicha qoladi. Bunday holatlarda faqat Administrator orqali muammoni hal etish yo`li qoladi.
Ushbu tizimdam dastlabki bor foydalanayotgan shaxslar yuqorida ko`rsatilgan blokdan Создать учетную запись havolasini tanlashi lozim. Natijada ro`yxatga olish sahifasi namoyon boladi. Ushbu sahifa maydonlariga foydalanuvchi ma’lumotlari quyidagi rasmda keltirilgan tartibda kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |