Dasturiy injiniring


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə3/4
tarix23.06.2023
ölçüsü23,34 Kb.
#134356
1   2   3   4
Dessertatsiyaga Kirish Sindarov M.O

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tabiiy tildagi matnlarni morfologik, sintaktik va semantik jihatdan avtomatik tahlil qilish va tahrirlash, maʼlum bir sun’iy intellektga asoslangan modellarni ishlab chiqish natejasida bunday salbiy holatlarni bartaraf etish imokoni oshadi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar shakli. Jahonda tabiiy tillarning kompyuterga yo‘naltirilgan modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, jumladan, N.A.Xomskiy, D.Jurafskiy, A.Jeyms, G.Fant, R.Delmonti, L.Danlos, R.G.Piotrovskiy, V.SBayevskiy, V.F.Zaysev, A.V.Zubov, V.A.Tuzov, N.Leonteva, K.Shilixina, L.A.Turigina, L.Y.Shipitsina, Y.I.Bolshakova, M.O‘rxin, A,Sharipbay va boshqalarning bu borasidagi ishlari qiyosiy o‘rganib chiqildi.
Respublikamizda o‘zbek kompyuter lingvistikasi bo‘yicha A.Q.Polatov, M.Aripov, M.M.Musayev, Sh.A.Nazirov, M.H.Hakimov, O‘.Hamdamov va G‘.Matlatipovlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar o‘zbek tili gramatikasining formal modelini yaratish, o‘zbek, turk va qoraqalpoq tillaridagi gap tuzilmalarini formallashtirish, turkiy tillar uchun lug‘at yaratish, nutqli signallarning shakllanish jarayonlarini modellashtirish, nutq sintezatorlarini yaratish, ko‘p tilli modellashgan mashina tarjimasiga oid til obyektlarining mantiqiy – lingvistik va matematik modellarini yaratish masalalariga qaratilgan.
Yuqorida qayd etilgan ilmiy ishlar o‘zbek kompyuter lingvistikasi tadqiqoti uchun bugungi kunda tayanch material sifatida xizmat qilayotgan bo‘lsada, biroq hozirgacha matnni avtomatik tahrirlash va intellektual tahlil qilish bo‘yicha o‘zbek lingvistikasining kompyuterga yo‘naltirilgan modellari, algoritmlari va interfaol dasturiy vositalarini yaratish muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikasining tavsifi. Tadqiqot mavzusini yoritishda matematik mantiq, matematik statistika, to‘plamlar nazariyasi, sonli modellashtirish, matnning intelletual tahlili va kompyuter lingvistikasi, dasturlash metodlari, tizimlarni loyihalash texnologiyalari va dasturiy injiniring modellaridan foydalanildi.

Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin