Sarlovha satri. Bu satrda “W” belgisi ostidagi tugmaga bog’langan oynani boshqaruvchi buyruqlar, tez o’tish paneli, hujjat va dastur nomlari va oynani boshqaruvchi 3 tugmachalar joylashgan;
Lenta nomlari satri. Bu satrda standatr holatda“Файл” nomli offis tugmasi (Microsoft Office Backstage) va 7 ta lenta nomlari keltirilgan, ya’ni: “Главная”, “Вставка”, “Разметка страницы”, “Ссылки”, “Рассылки”, “Рецензирование”, “Вид”;
Lenta buyruqlari satri. Bu satrda tanlangan lenta nomi ostida berilgan va mantiqan bir biriga yaqin buyruqlar va buyruqlar guruhi keltiriladi;
Lineyka;
Ishchi maydon. Ishchi maydon lentani oynadan olish hisobiga kengayishi mumkin;
Holatlar satri. Bu satrda standart holatda hujjat betlari, kursor joylashgan positsiya, hujjatdagi so’zlar soni, orfagrafik hatolarni ko’rsatuvchi tugma, klaviatura harflari turi (lotin, kiril), makros yozish tugmasi, hujjat ko’rinishini va masshtabini o’zgartiruvchi tugmalar joylashgan. Bu tugmalarni holatlar satridan olib tashlash va aksincha qo’shish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini holatlar satriga keltirilib, uning o’ng tugmasini bosish kerak va u yerda keltirilgan ro’yhatdan keraklisini tanlash kerak.
2.4-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysidagi yangi elementlari.