Xavf sinfi
|
Xavf tavsifi
|
Hal qilish va nazorat
|
A
|
Dasturiy ta’minot yoki xato boshqa qismlarga ta’sir qilmaydi
|
O‘z-o‘zini nazorat
|
B
|
Dasturiy ta’minot yoki xato o‘z qo‘llash sohasi ichida (mas. Moliyaviy buhgalterlik hisobi tizimida) ta’sir ko‘rsatishi mumkni
|
Manfaatdor soha rahbari tomonidan hal qilish va nazorat
|
C
|
Dasturiy ta’minot yoki xato boshqa qo‘llash sohalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (mas. Texnologik jarayon ishlab chiqarishga ).
|
Manfaatdor soha rahbari tomonidan hal qilish va nazorat
|
6.7-rasm Texnik xizmat ko‘rsatish masalalari havflari tasnifi
Xavf sinflari bo‘yicha tasnif yordamida mayda o‘zgarishlarning tasdiqlash jarayoni va nazorat ostiga olinishidan va bu bilan keraksiz byurokratik chigalliklar harakatga kelishdan saqlanishi kerak.
Texnik xizmat ko‘rsatish vazifalari ustunlik raqamlarini bo‘lish yordamida tasniflanadi. Rejalashtirish, chiqimlarni ko‘rib chiqish va xizmatni o‘tkazish ustunlikka bog‘liq, shu bilan birga faqat tashkilot uchun qiyin bo‘lgan xizmat rejalashtiriladi va oldindan chiqimlarni tahlil qilmasdan topshiriladi. Xizmatning bevosita o‘tkazilishi jarayonining belgilangan metodik qadamlari (bosqichlari) ga muvofiq amalga oshiriladi, shu bilan birga dasturiy ta’minotni tushunish uchun kerakli vaqtni hisobga olish lozim bo‘ladi.
6.4 Dasturiy ta’minot xujjatlari
Ko‘pincha xujjatlashtirishga mensimay munosabatda bo‘lishadi, biroq aynan dasturiy ta’minot xizmatida u xatolarni qidirib topish va statistik baholarni o‘zgartirish hamda qayta ishlab chiqish uchun muhimdir.
Dasturchilar uchun maqbullik mulohazalar nuqtai-nazaridan dasturiy ta’minotning kuzatib boruvchi (xizmat ko‘rsatish) hisobot tizimi imkoni boricha sodda va quyidagi elementlarga ega bo‘lishi kerak.
|