Jarayon dasturli hisoblagichi, (jarayon uchun keyingi bajariladigan komanda adresi.
Protsessor registr tarkibi.
Xotirani boshqarish va protsessordan foydalanishni rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar (jarayon prioriteti, adres makoni, o’lchami va joylashgan o’rni va h.k.lar.)
Hisob(qayd) ma’lumotlari: jarayon identifikatsiya raqami, qaysi foydalanuvchi uning ishini initsializatsiya qildi, jarayonning protsessordan foydalanish vaqti va h.k.lar
Kiritish – chiqarish qurilmalari bilan bog’liq qurilmalar(masalan, jarayonga qanday qurilmalar bog’langan, ochiq fayllar jadvali va h.k.lar).
Priority Scheduling – prioritetga mos rejalashtirish
Round Robin(RR) Scheduling – Har bir jarayon uchun aniq vaqt belgilanadi va shu vaqtda bajariladi
Multilevel Queue Scheduling – har bir jarayonlar to’plamining o’z algoritmi va shunga mos prioriteti mavjud bo’ladi
Rejalashtirish algoritmlaridan biri ko’p bosqichli navbat (Multilevel Queue Scheduling) 1950-60-yillardan beri qo’llanilib keladi. Bu strategiya jarayonlarni bir necha guruhga klassifikatsiyalash imkoni bo’lganda qo’llaniladi.
Navbatlar quyidagi qoida asosida ishlaydi: birorta ham kichik prioritetga ega jarayon to undan prioriteti katta bo’lgan jarayon tugallanmaguncha ishga tushmaydi
Ko’p bosqichli navbat(Multilevel Queue)da har xil navbatdagi jarayonlar 2 ga ajratiladi:
Interaktiv jarayonlar navbati (kam vaqt talab qiluvchi);
Fon rejimidagi jarayonlar navbati (ko’p resurs talab qiluvchi, ammo tez bajarilishi shart bo’lmagan).
Har bir navbatning balansni saqlab turuvchi o’z rejalashtirish navbatlari mavjud:
Interaktiv jarayonlarda RR(Round Robin);
Fon rejimdagi jarayonlarda FIFO(First in First Out).
Ko’p bosqichli navbat jarayonlari
Interaktiv jarayonlar
Fon rejimidagi jarayonlar
Prioritetlar asosida rejalashtirish:
- birinchi bo’lib barcha interaktiv jarayonlar bajariladi keyin fon rejimidagilari.
Vaqtlarni bo’lish asosida:
- o’zining jarayonlari orasida rejalastirish uchun har bir navbatga MP vaqtining bir qismi ajratiladi, masalan, MP vaqtining 80 % interaktiv jarayonlar uchun RR (Round Robin) orqali, 20 % fon rejimidagi jarayonlar uchun FIFO orqali.
Sarflangan vaqt asosida rejalastirish, agar jarayon aniq kvant vaqt sarflagan bo’lsa, u dinamik qayta rejalshtiriluvchi navbatga joylashtiriladi.
Agar keraklicha tez bajarilsa unda u birinchi “tezkor” jarayonlar navbatiga tushadi.
Agar o’rtacha vaqt talab qilsa, unda o’rta navbatga tushadi.
Agar ko’p vaqt talab etsa, unda FIFO ning oxirgi navbatiga tushadi.
Buning hisobiga jarayonlar doim navbatlar orasida ko’chib yuradi. Shuning uchun ham jarayonlarni joylashtirish va uning holatini o’zgartirish kerak emas.