6-Mavzu. Tadbirkorlik shartnomalari (Maruza)



Yüklə 37,3 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü37,3 Kb.
#163183
  1   2   3   4
6-мавзу.маъруза


6-Mavzu. Tadbirkorlik shartnomalari (Maruza)
Reja 
1. Tadbirkorlik shartnomalarining o‘ziga xos xususiyatlari
2. Tadbirkorlik shartnomalarini rasmiylashtirish
3. Tadbirkorlik shartnomalarida talabanoma
4. Tadbirkorlik shartnomalarida javobgarlik masalalari
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda shartnomalar tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish masalalarini chuqur bilish talab qilinadi. Sababi tadbirkor ish faoliyatini boshlash, yuritish va to‘xtatish jarayonida shartnomalar tuzishga har doim ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham unga quyidagicha munosabat bildiriladi: “Shartnoma – bu bozor munosabatlari sharoitida barcha mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda boshqaruv organlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi”
“Man Sin” korporatsiyasi ijro organi rahbari Manjid Sing korporatsiyaning yuridik departamenti boshlig‘i Ranjit Singxga o‘z hamkorlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishdan oldin O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik shartnomalariga bo‘lgan munosabat, ularning huquqiy tartibga solinishi, shartnomaviy munosabatga kirishishning o‘ziga xosligi haqida maʼlumotlar taqdim qilishni so‘radi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘z faoliyatida turli xil shartnomalarni tuzadilar: ta’sis shartnomalari, mehnat shartnomalari, tadbirkorlik shartnomalari va h.k.
Tadbirkorlik shartnomasi — taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv.
Tadbirkorlik faoliyati shartnomasi to‘rt qismdan tashkil topadi:
1) kirish;
2) shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari;
3) shartnomaning qo‘shimcha shartlari;
4) shartnomaning boshqa shartlariga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining kirish qismida quyidagilar: shartnomaning nomi (mahsulot yetkazib berish, kredit, transport vositalari ijarasi, qurilish pudrati va hokazolar); shartnomani imzolash vaqti va joyi; shartnoma taraflarining to‘liq nomi, taraflarning shartnoma bo‘yicha nomlanishi (masalan, “litsenziat”, “kreditor” va shu kabilar); shartnomani imzolayotgan shaxsning to‘liq nomi va mansabi, shuningdek unga shartnomani imzolash huquqini beruvchi hujjat (ustav, nizom yoki ishonchnoma) ko‘rsatilishi lozim.
Tadbirkorlik shartnomasining ikkinchi qismida shartnoma predmeti; taraflarning shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari; taraflarning o‘z majburiyatlarini bajarish muddatlari; taraflar majburiyatlarini bajarish joyi; taraflar majburiyatlarini bajarish usullari (harakatlar tartibi, ketma-ketligi va h.k.) ko‘rsatiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining uchinchi qismi barcha shartnomalar uchun majburiy emas. Ammo bunday shartlar mavjud bo‘lgan taqdirda taraflar huquq va majburiyatlariga, shuningdek ularni bajarish tartibiga taʼsir qiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining qo‘shimcha shartlariga shartnomaning amal qilish muddati, taraflarning javobgarligi, majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor qilishning asoslari va oqibatlari, shartnoma bo‘yicha maʼlumotlarni sir saqlash, nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi.
Taraflarning shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muddatlari ko‘rsatilgan taqdirda ham tadbirkorlik shartnomasining amal qilish muddati ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq. Bu holat shartnomaning amal qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani bajarishdan bosh tortganlik uchun talabnoma va daʼvo qilish muddatining boshlanishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorlik shartnomasining qo‘shimcha shartlaridan yana biri, bu majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik shartnomasining bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
Odatda, tadbirkorlik shartnomalari faqat taraflarning kelishuviga muvofiq bekor qilinishi mumkin, ammo taraflar shartnomada uni bir tarafning tashabbusi bilan ham bekor qilish to‘g‘risidagi shartlarni kiritishlariga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, shartnomada uning qaysi shartlari sir saqlanishi va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Tadbirkorlik shartnomasining to‘rtinchi qismi o‘z ichiga taraflar o‘rtasidagi munosabatlar shartnomadan tashqari yana qanday me’yorlar bilan tartibga solinishini; taraflar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish haqidagi maylumotlarni; shartnoma tuzishdan oldin olib borilgan ishlar va ularning shartnoma imzolangandan keyingi natijalarini; taraflarning rekvizitlarini; shartnoma nusxalari soni haqidagi maʼlumotlarni; shartnoma matniga o‘zgartirishlar kiritish tartibini; taraflar vakillarining imzolarini oladi.
Taraflar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish haqidagi shartlarda axborot berish va shartnomaning bajarilishiga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal qilishga vakolatli shaxslar (nomlari yoki mansabi), shuningdek aloqa turlari (telefon, faks va h.k.) ko‘rsatiladi.
Taraflarning rekvizitlariga — pochta indeksi, manzili, hisob-kitob raqami, bank muassasasining nomi, kodi, MFO, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, yuklash rekvizitlari kiradi va ular tadbirkorlik shartnomasida aniq ko‘rsatilishi lozim. Shartnomada uning nusxalari soni va ularning haqiqiyligi ko‘rsatiladi. Shartnoma matniga o‘zgartirishlar kiritish tartibining belgilanishi shartnoma qalbakilashtirilishining oldini oladi.
Har bir shartnoma uni tuzgan taraflar yoki ularning to‘liq vakolatga ega bo‘lgan vakili tomonidan imzolanadi, shuningdek shartnoma yuridik xizmat xodimi yoki advokat tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, muayyan holatlarda shartnoma yuzasidan yuridik xulosa berilishi talab qilinadi.
Shartnoma ikki va undan ortiq taraflar o‘rtasida tuziladigan bitim bo‘lganligi sababli u oferta, aksept, yuridik ekspertizadan o‘tkazishi va shartnomani imzolash bosqichlaridan iborat. Taklif oferta, taklifni kiritgan shaxs esa oferent deb ataladi. Taklifning qabul qilinishi aksept, taklifni qabul qilgan shaxs esa akseptant deb ataladi.
Shartnomani tuzish ofertadan boshlanadi. Ofertalar ikki turga bo‘linadi. Bular: Akseptlash muddati ko‘rsatilgan oferta
Odatda ofertada unga berilishi kerak bo‘lgan javob muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa, oferent shu muddat ichida o‘z ofertasiga javob kutishi lozim. Aks holda agar u muddatning oxirigacha kutmay turib boshqa shaxs bilan shartnoma tuzsa, ofertani birinchi qabul qilgan va shu bilan shartnoma tuzgan deb hisoblangan tarafga yetkazilgan zararni qoplashga majbur bo‘ladi.
Akseptlash muddati ko‘rsatilmagan oferta
Ofertada javob muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda muzokaralar qanday usulda olib borilayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar orali shartnomaning shartlari shakllantirilishi mumkin.
Og‘zaki berilgan oferta, muzokaralar yuzma-yuz muloqot, telefon yoki radio orqali olib borilayotganligidan qatʼi nazar, agar u darhol akseptlansa, oferentni “bog‘lab” qo‘yadi. Yozma berilgan oferta esa avval uning matni bilan tanishib chiqishni, javob matni tuzishni va uni oferentga topshirishni talab qiladi. Shuning uchun oferent javob yetib kelishi uchun zarur bo‘lgan muddat ichida oferta bilan “bog‘langan” bo‘ladi.
Ofertada ko‘rsatilgan yoki javob yetib kelishi uchun zarur bo‘lgan muddat ichida aksept yetib kelganligi shartnoma tuzilganligi bilan teng. Aksincha, agar ko‘rsatilgan muddat ichida aksept kelmasa, u holda ofertaning oferentni “bog‘lab” turgan kuchi yo‘qoladi va oferent avval o‘zi bergan taklifdan kelib chiqqan majburiyatlardan ozod bo‘ladi.
Shartnomani tuzish uchun berilgan taklifda quyidagilar mavjud bo‘lsagina oferta deb hisoblanadi:
1. bo‘lg‘usi shartnomaning barcha muhim shartlari;
2. oferta yuborilayotgan shaxs aniq ko‘rsatilganligi.
Agar berilgan taklifda bu bandlardan bittasiga rioya qilinmagan bo‘lsa ham, u oferta deb emas, balki ofertaga da’vat deb hisoblanadi va uni bergan shaxsga hech qanday majburiyatlarni yuklamaydi. Bunday daʼvatga turli javoblar kelishi mumkin. Balki ulardan baʼzilarida shartnomani tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar sanab o‘tilgan va ofertaga dayvat etgan shaxs nomiga yuborilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunday javob oferta kuchiga ega bo‘ladi, lekin uni shartnomaning tuzilishiga olib keladigan aksept deb bo‘lmaydi, chunki u huquqiy maʼnodagi shartnoma tuzish haqidagi taklifga kelgan javob emas.
Shartnomaviy munosabatlarga kirishish uchun oferta va akseptning mavjudligi majburiy shart emas. Ularsiz ham shartnoma tuzish mumkin. Tadbirkorlik shartnomalarini huquqiy (yuridik) ekspertizadan o‘tkazish shartnoma taraflarining yuridik xizmati yoxud shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar, advokatlik tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik shartnomalari borasida yuridik xizmat:
— tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
— shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan dayvo ishlarini olib boradi;
— shartnomalari bajarilish ustidan o‘zaro tekshiruvlar o‘tkazilishini nazorat qiladi;
— tadbirkorlik sub’ekti rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan tadbirkorlik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog‘liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;
— tayyorlangan xo‘jalik shartnomasi va u bilan bog‘liq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda o‘z eʼtirozini asoslagan holda uni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
— shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
Tadbirkorlik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko‘rilishi kerak. Shartnomalarni huquqiy ekspert imzosisiz tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xulosada quyidagilar ko‘rsatiladi:
 tadbirkorlik shartnomasida ko‘rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
 tadbirkorlik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
 taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Quyidagilar yirik bitimlar (shartnomalar) hisoblanadi:
 Aksiyadorlik jamiyatlari uchun jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog‘liq bitim yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh foizidan ortig‘ini tashkil etgan bitim.
 Masʼuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir nechta bitim.
 Oilaviy korxonalar yirik bitimni o‘z ustavida belgilab qo‘yadi.
Tadbirkorlik shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Amaliyotda shartnomaning oddiy, yozma shakli keng tarqalgan bo‘lib, u taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Tadbirkolik shartnomasi qonunda ko‘rsatilgan hollarda va taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlanishi shart. Shartnomani notarial tasdiqlash notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan shartnomada tasdiqlovchi ustxat yozib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonun hujjatlarida ayrim tadbirkorlik shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq tadbirkorlik shartnomalari (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara v.b.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Shartnomaning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik xo‘jalik shartnomasining haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.

Yüklə 37,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin